Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  O`zaro hamkorlik /  Faoliyatni kuchaytirish zarur
Faoliyatni kuchaytirish zarur

Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha viloyat komissiyasining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi, mazkur komissiya raisi M. Esanov boshqarib bordi.

Dastlab yig’ilishda so’zga chiqqan viloyat hokimi o’rinbosari, ushbu komissiya raisi o’rinbosari Z. To’yeva viloyatda voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sog’lig’i, ta’lim-tarbiyasi, mehnati, ijtimoiy muhofazasi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Ta’kidlanishicha, o’tgan davr mobaynida shahar va tumanlar komissiyalari tashabbusi bilan 579 nafar nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalar aniqlanib, ularning qonuniy huquq va manfaatlari muhofazasini ta’minlash choralari ko’rilgan. Ularning 67 nafari vasiylikka, 31 nafari homiylikka, 27 nafari patronatga, 78 nafari farzandlikka olingan, 27 nafari Mehribonlik uyiga, 14 nafari bolalar uyiga, 19 nafari ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalariga joylashtirilgan.

 

Komissiyalar tomonidan bolalarini nazoratsiz va qarovsiz qoldirganligi, ularga ta’lim berish va tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun 1210 nafar ota-ona ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz yurishlari oldini olish borasida o’tkazilgan tadbirlar davomida qarovsiz va nazoratsiz yurgan 225 nafar voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markaziga hamda alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj 19 nafar voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan o’quv tarbiya muassasalariga joylashtirilgan.

Farzandlarini nazoratsiz qoldirgan, ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatgan 165 nafar ota-ona ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan.

Xuddi shunday, huquqbuzarlik yoki boshqa g’ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan 377 nafar voyaga yetmagan profilaktik hisobga olingan, ayni vaqtda tuzalish yo’liga kirgan 590 nafar voyaga yetmagan profilaktik hisobdan chiqarilgan.

Ammo tizim faoliyatida yuqoridagi ishlar barobarida, o’z yechimini kutayotgan ba’zi muammolar ham yo’q emas.

Xususan, voyaga yetmaganlar tomonidan o’tgan yilda 81 ta jinoyat sodir qilingan.

Jumladan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari tomonidan 45 ta jinoyat qayd etilgan bo’lsa, umumta’lim maktab o’quvchilari 18 bor jinoyatga qo’l urishgan.

Shuningdek, yig’ilishda ayrim tumanlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarida profilaktik ishlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, ishga oid hujjatlar yuritishdagi kamchiliklar, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash muammolariga e’tibor qaratildi.

Viloyat rahbari ma’ruzada qayd etilgan kamchiliklarni muhokama qilib, yoshlar bilan ishlash, ularni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash orqali jamiyatdagi faolligini oshirish har bir kishining burchi ekanligini ta’kidladi hamda ushbu muammolar echimini ta’minlash borasida tegishli mutasaddi rahbarlarga kerakli topshiriq va ko’rsatmalar berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan "Buxoronoma" va "Buxarskiy vestnik" gazetalari bosh muharriri J. Ismoilov, Kogon shahar hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi D. Sharipova, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’i N. Kenjaev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i M. Daminov, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi H. Qobilov, "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Yu. Qurbonov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Sh. O’rinov va boshqalar so’zga chiqishdi.

Orqaga Chop Etish  1144 |   09-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation