Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimlik tomonidan o`tkazilgan tadbirlar /  Dolzarb mavzuda muloqotlar
Dolzarb mavzuda muloqotlar

"Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganiga bir yil to’ldi. Bu huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan muhim hujjatlardan hisoblanadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati shaffofligi hamda ochiqligini ta’minlashda alohida o’ringa ega jurnalistlarning Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida qanday ishlarni amalga oshirishyapti? Bu masala yaqinda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Buxoro mintaqaviy bo’limida viloyat va tuman nashrlari mutasaddilari, telejurnalistlar, matbuot xizmatlari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan davra suhbatida muhokama etildi.

 

Ta’kidlandiki, faoliyat ochiqligini ta’minlashda joylardagi matbuot xizmatlari bilan OAVlarning o’zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan viloyat hokimligi, bojxona boshqarmasi, statistika boshqarmalarida yaxshi tajriba to’plangan. Ularning matbuot xizmatlari tomonidan o’tkazilayotgan anjumanlarga jurnalistlarga keng ma’lumotlar, veb-saytlarga qilingan murojaatlarga etarli axborotlar beriladi.

Jurnalistlar mazkur yo’nalishdagi takliflarni institut mintaqaviy bo’linmasida "Davlat va jamiyat qurilishida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirishning dolzarb masalalari" mavzusida tashkil qilingan o’zaro fikr almashinuvlarga boy muloqot yakunida taqdimot shaklida o’rtaga tashlashdi.

Bo’linmada ayni bir paytda "Ijtimoiy sheriklik to’g’risida"gi Qonun doirasida joylarda ijtimoiy muhim vazifalarni echishda NTTlarning o’rni", "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish", "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etishning dolzarb masalalari" mavzularida davra suhbatlari ham bo’lib o’tdi. Unda ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va faollari, "Kamolot" YoIH viloyat kengashi, mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillari, siyosiy partiyalar hududiy kengashlari mutasaddilari, xalq deputatlari Kengashlari deputatlari ham o’zlariga daxldor sohalarda ish sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.

Tadbirda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktorining o’rinbosari A. Hamdamov so’zga chiqdi.

Orqaga Chop Etish  1017 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation