Bosh sahifa /  Viloyat boshqarmalari /  Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi
Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi

Rahbar:
Xalilov Akram Utamurodovich 

Telefon raqamlari:
(+99865) 223-78-51

Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo'minov ko'chasi, 68-uy

Transport:
437, 11 avtobuslar

E-mail manzili:
buxoro@minjust.gov.uz

Website:
http://buxoro.adliya.uz/

Batafsil ma'lumotlar: 

II. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘i tahririda).
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘iga asosan chiqarib tashlangan).
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlarida “oq dog‘lar”ni, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va halqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni ta’minlash; o‘z hududida ro‘yxatdan o‘tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o‘tkazish;
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan davlat organlarining hududiy bo‘linmalari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
notariat, advokatura, FHDYo organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, bu sohada byurokratik to‘siq va g‘ovlarni yaratishga yo‘l qo‘ymaslik;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga amaliy huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
8. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
8.1. Norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish sohasida:
a) mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va o‘z vakolati doirasida ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z tashabbusiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik sub’ektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash, qonunchilikdagi “oq dog‘lar”ni bartaraf qilish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka taqdim qiladi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
b) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga oladi va qonun hujjatlarini turkumlashtirish ishlarini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) Boshqarma faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha xulosalar beradi.
(8.2-kichik band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan).
8.3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish sohasida:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarining davlat va hisob ro‘yxatidan o‘tkazadi;
o‘zi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta’sis hujjatlariga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablag‘lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashda faol qatnashishini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;
qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash maqsadida davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati haqida, shu jumladan, ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi haqidagi hisobotlarni qabul qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki ularni tugatish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
8.4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash sohasida:
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalqaro tajribani o‘rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish, aholida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat ruhini, qonunga itoatkorlikni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
davlat organlarining hududiy bo‘linmalarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda advokaturaning rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi;
inson huquqlari bo‘yicha, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringi sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) mintaqaviy vakili va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko‘rib chiqishini ta’minlaydi, ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi;
8.5. Davlat organlari, jamoat tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha ishlarini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Vazirlikka taqdim etadi;
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarning aholi o‘rtasida targ‘ib qilinishini tashkil etadi;
huquq sohasidagi ta’lim ishlarining uslubiy jihatdan ta’minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta’limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
jamiyatni huquqiy axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlikka takliflar beradi;
Boshqarma uchun huquqiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalarini joriy etilishi bo‘yicha Vazirlikka takliflar beradi;
Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralarni qonunchilik materiallari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlaydi;
8.6. Huquqiy xizmat ko‘rsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha:
davlat notarial idoralarini tashkil etish va tugatish, notarius lavozimini ta’sis etish va tugatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlikka takliflar kiritadi;
notariuslar tomonidan kasb majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
davlat notarial idoralarini qat’iy hisobdagi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta’minlaydi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olishni tashkil qiladi, FHDYo organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
FHDYo organlarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish yuzasidan Vazirlikka takliflar beradi, shuningdek ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
FHDYo va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
FHDYo organlarini qat’iy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta’minlaydi;
b) advokatura va yuridik yordam tizimini rivojlantirish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi va advokatlik tuzilmalarining faoliyatida ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini (advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlik hay’atlari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qo‘yishni amalga oshiradi;
davlat ro‘yxatidan o‘tgan (hisobga qo‘yilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi;
advokatlar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibiga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarining yuridik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha:
(8.6-kichik bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘i tahririda).
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
(8.6-kichik bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘i tahririda).
yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soladigan aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida chora-tadbirlar ko‘radi;
tuman va shahar hokimliklarining yuridik xizmati xodimlarini tayinlashda qatnashadi;
davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalar beradi;
(8.6-kichik bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘i tahririda).
davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, tuman va shahar hokimliklarining, boshqa davlat tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi va attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi;
yuridik xizmatlar xodimlarining hisobini yuritadi;
yuridik xizmatlarining ma’lumotlar bazasini tuzish va yuritish tartibi loyihasiga, ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun ma’lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilash bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi;
8.7. Tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kichik biznes, hususiy tadbirkorlik, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
tadbirkorlikni huquqiy ta’minlash va rivojlantirishning samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi va ushbu chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilish, mikrofirmalar, kichik korxonalar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli va to‘ldirish tartibi loyihasiga takliflar beradi, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida uning tarqatilishini ta’minlaydi va uni to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi;
(8.7-kichik bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015 yil 21 maydagi 101-um-son buyrug‘iga asosan chiqarib tashlangan).
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, o‘rganadi va monitoringini amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub’ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ularni xabardor qiladi;
8.8. Shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash sohasida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi xo‘jalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatadi;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va Vazirlikka kiritadi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar qo‘llanishi ustidan nazorat olib boradi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi bo‘yicha mas’uliyatini oshirish yuzasidan ish olib boradi;
qishloq xo‘jaligida shartnomalar tuzish va bajarishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunchilikka rioya qilishi ustidan nazorat olib boradi.
8.9. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni tashkil etishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash sohasida:
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, lombardlarni, soliq maslahatchilari tashkilotlarini, yuridik shaxs birlashmalarini va viloyatda tashkil etiladigan bozorlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qonuniylikka rioya qilinishini ta’minlaydi;
o‘zi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritadi;
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o‘z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘radi;
tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha inspeksiyalari faoliyatida ushbu sohada byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni oldini olish maqsadida qonuniylikka rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha inspeksiyalari faoliyatiga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
8.10. Zamonaviy talablarni hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Vazirlikka takliflar beradi;
kadrlar ishini yuritadi, shuningdek huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va Vazirlikka kiritadi;
Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralarning kadrlar zahirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o‘tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
8.11. Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasida:
Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralar xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadi, ushbu masalalar bo‘yicha shikoyat va arizalarning har tomonlama xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlar bo‘yicha zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish o‘tkazgan holda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi;
Boshqarmaning tizimiga kiruvchi idoralarning shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganadi, bu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi va kiritadi;
8.12. Huquqiy statistika sohasida:
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika ma’lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlikka takliflar beradi;
advokatura faoliyati to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini o‘rganadi;
fuqarolik holati dalolatnomalari va notarial harakatlarni ro‘yxatga olish, shuningdek Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralar faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha statistikasini yuritadi;
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi.
8.13. Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralarni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlashni amalga oshirish sohasida:
Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralar xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Boshqarma va uning tizimiga kiruvchi idoralar binolarini, shu jumladan davlat notarial idoralari, FHDYo organlarini kapital qurish va ta’mirlash choralarini ko‘rish bo‘yicha Vazirlikka tegishli takliflar kiritadi;
Boshqarmada buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va yuritadi.

Orqaga Chop Etish  3374 |   10-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation