Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tarkibiy bo`linmalar /  Viloyat hokimligi apparati huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruhi rahbari
Viloyat hokimligi apparati huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruhi rahbari

Mahmudov Izzatullo Ne`matilloyevich
Viloyat hokimligi apparati huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha guruhi rahbari

200100, Buxoro sh., Ibrohim Mo`minov ko`chasi 1-uy
tel: 223-36-53 e-mail: i-maxmudov@buxoro.uz 

Fuqarolarni qabul qilish kuni va soati: har oyning to`rtinchi juma kuni soat 10:00 dan viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)

Vazifalari:

Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-tegishli viloyat hokimi o‘rinbosarlari bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalarining viloyat hokimligida ko‘rib chiqilishini tashkil etish;

-harbiy safarbarlik borasidagi vazifalarni to‘la amalga oshirish, yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yuzasidan viloyat hokimining qarori ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;

-favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish borasidagi tadbirlarni hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatish;

-ijtimoiy “Ko‘nikma” markazlarining ishini tashkil etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligini ta’minlash;

-guruh faoliyatiga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari, viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash va ularning joylarda bajarilishida hamkorlikni tashkil etish;

Guruhga keladigan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ularni qabul qilish, vakolat doirasida guruhga taaluqli muammolarining hal qilinishini ta’minlash.

Viloyat hokimligi huzuridagi quyidagi komissiyalar va shtablar ishini viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul viloyat tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etadi:

-odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasi;

-o‘ta muhim va toifalangan ob’yektlar xavfsizligi ta’minlanishi tashkil etilishi ta’minlanishini nazorat qiluvchi idoralararo komissiya;

-O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning fuqarolariga yashash uchun guvohnoma va doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berish masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi;

-O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara hududlari muammolarini hal qilish, noqonuniy migratsiyaga hamda tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni respublika hududiga noqonuniy ravishda olib kelinishiga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya;

-Yangi yil, Navro‘z va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni hamda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bo‘yicha viloyat shtabi;

-fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha viloyat chaqiruv komissiyasi.

Komissiyalar va shtablar majlislari o‘tkazilishini, ish hujjatlari yuritilishini, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi.

Davlat va hududiy dasturlarning guruh vakolatiga tegishli qismlari bajarilishini nazorat qiladi.

Orqaga Chop Etish  1280 |   07-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation