Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Rahbariyat /  Abdullayev Mehriddin Razzoqovich
Abdullayev Mehriddin Razzoqovich

Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o`rinbosari

Tug‘ilgan yili: 21.05.1969
Tug‘ilgan joyi:Buxoro viloyati, Jondor tumani 
Millati: o‘zbek

MEHNAT FAOLIYATI

1988-1993 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
1993-1994 yy. - Markaziy bank Jondor tumani bo‘limi bosh iqtisodchisi
1994-1997 yy. - “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki Jondor bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 
bosh mutaxassisi
1997-2003 yy. - “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, filial boshqaruvchisi
2003-2006 yy. - Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i
2006-2010 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2010-2012 yy. - Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori
2012-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari
2015-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi 
ijro etuvchi direktori
2016 y. - h.v. - Buxoro viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

Qabul qilish kunlari:  Har oyning  uchinchi seshanbasi, to`rtinchi jumasi 10:00 - 12:00 gacha  

Adres: Buxoro shahar I.Muminov ko`chasi 1 -uy.

2016 yil 11 martgacha Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori  

uyidagilar viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli Dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko’rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo’yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo’mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida muloqot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag’ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o’rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo’jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasa bzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish choralarini ko’rish;

qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqqa aylantirish maqsadida qishloq xo’jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasini o’rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

turizmni rviojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ’ib qilish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilib borish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, viloyat hokimligida “Ochiq eshiklar kuni”ni o’tkazilishini ta’minlash, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborotva tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy va moliyaviy va huquqiy ekspertizadan (bu shart emas yurist va adliya boshqarmasi huquqiy ekspertizadan o’tkazadi)o’tkazish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

to’lov muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga to’lovlar intizomini mustahkamlash viloyat komissiya;

jazoni o’tash joylaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam ko’rsatish bo’yicha viloyat hokimligi huzuridagi maxsus komissiya;

harbiy xizmatga majburlarni zaxiralashtirish masalalari bo’yicha viloyat  komissiya;

Qurolli kuchlarda xizmat qilishga chaqiriluvchi yoshgacha bo’lgan va chaqiriluv yoshidagi yigitlarni tayyorlash holatini tekshirish va amaliy yordam berish komissiya;

tariflar va uy-joy kommunal xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlar Dasturi bajarilishini monitoringini olib borish viloyat komissiyasi;

viloyat pul-kredit siyosati komissiyasi;

kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha viloyat muvofiqlashtiruvchi kengash;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi;

viloyat moliya boshqarmasi;

viloyat G’aznachilik boshqarmasi;

Moliya vazirligi viloyat bo’yicha nazorat-taftish boshqarmasi;

byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi viloyat boshqarmasi;

viloyat davlat soliq boshqarmasi;

viloyat statistika boshqarmasi

xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi;

viloyat Mehnat boshqarmasi

tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi;

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy boshqarmasi;

“O’zbekinvest” kompaniyasi, “O’zagrosug’urta” AJ, “Kafolat” AJ sug’urta agentligi viloyat bo’limi va boshqa sug’urta kompaniyalari filiallari;

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va barcha tijorat banklari hududiy bo’limlari;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalvrni rivojlantirish boshqarmasi;

“O’zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati viloyat bo’limi;

“O’zbektelekom” kompaniyasi viloyat filiali;

tovar xom-ashyo birjasi;

viloyatdagi ulgurji sharob bazalari;

viloyatdagi barcha avtodilerlar;

viloyatdagi ulgurji savdo bazalari;

viloyat bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi;

viloyat “Hunarmand” uyushmasi;

Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi.

Orqaga Chop Etish  5432 |   05-09-2015




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation