Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  2018 yil 14-yanvar Vatan himoyachisida tabrik so'zlar
2018 yil 14-yanvar Vatan himoyachisida tabrik so'zlar

Assalomu aleykum aziz tadbir qatnashchilari, vatanimizning jasur o‘g‘lonlari va endigina vatan himoyasiga shaylanayotgan aziz ukalarim!


Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
Mamlakatimiz tarixan qisqa muddatda davlatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlidligi, chegaralarimiz dahlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishti hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiya barpo etildi.
Ko‘xna tarixga nazar soladigan bo‘lsak, sohibqiron bobomiz Amir Temur ham yurt tinchligini, uning muhofazasini birinchi o‘ringa qo‘yib, doimo mana shu ezgu maqsad yo‘lida jasarat.martlik na’munalarini ko‘rsatgan. 
Ulug‘ ajdodlarimizdan bizga muqaddas meros bo‘lib kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg‘usi, bugun bizlar uchun chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylandi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan menga bildirilgan bu ishonchni,kamkarona mehnatimga berilgan mukofotni oqlashga barchangizning oldingizda va shu muqaddas zaminni qo‘riqlash yo‘lida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz va akalarimiz ruhi oldida tantanali ravishda qasamyod qilaman. 
Ulug‘ ajdodlarimizdan bizga muqaddas meros bo‘lib kelayotgan Vatanga muhabbat tuyg‘usi, bugun bizlar uchun chinakam e’tiqodga, chinakam aqidaga aylandi. 
Vatanga muhabbat tushunchasi ikki holatda namoyon bo‘ladi. Birinchisi – jismoniy tarzda. Ya’ni: insonning tug‘ilgan joyi, yashab turgan makoni. Ikkinchisi – ma’naviy holatda bo‘lib bu insonning qalbi va ongiga bog‘liq. Qachonki yurt tinch bo‘lsa mamlakat obod bo‘ladi, insonlar oldilariga qo‘ygan ezgu maqsadlariga yetishadi, orzu-havaslariga erishadi, qiladigan har bir ishlari, kasblari, tijoratlari, toat va ibodatlari, yashashlarida halovat va xotirjamlik bo‘ladi. Chegarasi mustahkam yurtni va darvozasi berkilgan uyning odamlari qo‘rquv bilmay kechani tinch o‘tkazadi. 
Bizning Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda, davlat arbobi, vatanparvar, tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramonlarimiz bo‘lgan. Ular vatanga muhabbatni iymondan deb bilardilar va vatan himoyasi uchun jon berishga tayyor edilar. 
Vatan ostonadan boshlanadi. Uning himoyasi ham shu yerdan boshlanadi. Men va yurtimizdagi barcha safdoshlarim avvalo o‘z ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, oilalarini himoya qilish maqsadida shu kasbni tanlaganmiz. Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir askar, serjant va ofitserlarimiz o‘zlari tug‘ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu qarindoshlarini bir so‘z bilan aytganda Ona Vatanlarini qo‘riqlaydilar.

Orqaga Chop Etish  275 |   12-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation