Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Buxoro viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi
Buxoro viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, tantanali yig‘ilish qatnashchilari!
Barchangizni hayotimiz qomusi, baxtimiz kafolati bo‘lmish asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bilan qutlab, Sizlarga, sizning timsolingizda butun viloyatimiz ahliga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman. 
Konstitutsiyamizning mustaqil Vatanimiz tarixi, bugungi milliy davlatchiligimiz tiklanishi, uning tadrijiy taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini hech qanday narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
Mustaqil davlatimiz asoschisi, birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bevosita tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib, qabul qilingan Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar asosida mamlakatimizda to‘laqonli, samarali amal qiladigan qonunchilik va huquqiy baza yaratildi. Bir so‘z bilan aytganda, Asosiy qonunimiz huquqiy davlat yaratish yo‘liga o‘tishimizning poydevorini qurib berdi.
Bugungi kunda Konstitutsiyamiz muhrlab qo‘ygan tamoyillarni amalga oshirish yo‘lidan dadil odimlab, davlat qurilishi, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va gumanitar sohalarda biz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar va demokratik yangilanishlar, aholi turmush darajasi va sifatining jadal o‘sib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni butunlay o‘zgarib borayotgani barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Hayotimizdagi ushbu yuksak ahamiyatga molik o‘zgarishlar haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, fikru zikri, ularning hayotga, o‘z mehnati natijasiga munosabati tubdan o‘zgarib, yuksalib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Bugun hayot o‘zgarmoqda, insonlarning fuqarolik va siyosiy ongi, huquqiy madaniyati o‘smoqda. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, o‘z fikri va qarashlariga ega bo‘lgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizda mustahkam o‘rin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yo‘lida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.
Aziz do‘stlar!
Yana bir necha kun ilgari barchamiz yurtimiz siyosiy hayotidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etdik. Yurtimizning kelgusi taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda demokratik tamoyillarni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladigan ushbu jarayonning ochiq va oshkora, ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi Konstitutsiyamizning xalqimiz siyosiy faolligini oshirish yo‘lida yaratib bergan imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
Negaki, saylovlar demokratik jamiyat, huquqiy davlat barpo etishda eng muhim bosqich hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan”.
Quvonarlisi shundaki, yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani singari ushbu jarayon viloyatimizda ham yuqori saviyada, Konstitutsiyamiz va tegishli qonunchilik asosida o‘tkazildi.
Buni viloyatimizga bevosita tashrif buyurgan 5 ta xalqaro tashkilot, 30 dan ortiq davlatning 121 nafar kuzatuvchilari ham e’tirof etishdi.
Muhtaram yig‘ilish qatnashchilari!
Mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yilni “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilgan edilar. Shu munosabat bilan ishlab chiqilgan maxsus Davlat Dasturi, uning asosida hududiy dasturlarda xalq hayotini farovonlashtirish, aholining yuksak turmush madaniyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilandi va izchil amalga oshirildi. Mazkur dastur doirasida joriy yilning o‘n bir oyi davomida 396 mlrd.so‘m, 8,7 mln AQSh dollari hamda .... ming yevro miqdorida mablag‘lar sarflandi.
Xususan, ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash, shu bilan birga yangi zamonaviy texnologiyalar asosida zamon talablariga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlash ishlar jadal olib borilmoqda.
Hududlarda ayollarning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash va ro‘zg‘or tashvishlarini yengillashtirish maqsadida 992 ta namunaviy uy-joylar qurildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ayollarimizga o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirish, kasb-hunar kollej bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etishlari hamda yosh oilalarga uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish uchun bank imtiyozli kreditlari yo‘naltirildi. 
Bularning hammasi mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik va e’tiborning amaliy ifodasidir.
Quvonarlisi shundaki, yosh avlod salomatligiga qaratilgan bu kabi ishlar natijasida farzandlarimiz ham ma’nan, ham jismonan barkamollikka erishib jahon ahli hayrat va e’tirofiga sazovor bo‘lishmoqda. 
Ayniqsa, joriy yil Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan Shahobiddin Zoirov, Shahram G‘iyosov, dzyu-dochi Rishod Sobirov singari sportchilarimiz, Sherzod Namozov, Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Shuhrat Boboyev kabi paralimpiachilarning yutuqlari qalbimizda cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini bag‘ishladi. 
Azizlar!
Mustaqil diyorimizning tarixan qisqa muddatda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, iqtisodiy-ijtimoiy sohada yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritishida vatanparvar, fidoyi insonlarning ham muhim hissasi bor. Yaqinda biz viloyat hokimligida mustaqillik bayrami hamda “Ustoz va murabbiylar kuni” arafasida sharafli mehnatlari uchun Prezident farmonlari asosida Vatanning faxriy unvonlari, ordenu medallariga sazovor bo‘lgan viloyatdoshlarimizga ana shunday mukofotlarni topshirdik. Bugungi tantanali yig‘ilishda butun viloyat ahli nomidan mukofotlanganlarni yana bir bor tabriklashga ijozat bergaysizlar. 
Aziz do‘stlar!
Sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, uning qabul qilinganiga 24 yil to‘lishi bilan astoydil tabriklayman, baxt-saodat, jonajon O‘zbekistonimiz qudrati va xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lidagi mehnatlaringizga kattadan katta muvaffaqiyatlar tilayman. 
E’tiboringiz uchun rahmat!

Orqaga Chop Etish  302 |   13-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation