Bosh sahifa /  Davlat dasturlari /  2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili»
2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI


Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog‘lom va ahil bo‘lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil O‘zbekiston Respublikasida «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
1. «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar uning ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo‘nalishlari etib belgilansin:
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;
tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish;
nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish hamda ushbu maqsadlarda poliklinikalarni zamonaviy tashxis uskunalari bilan jihozlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirishga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish;
aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini ta’minlash;
yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash;
mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni, xususan, o‘zaro hurmat-ehtirom, er-xotin o‘rtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin o‘rtasida, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida mehr-oqibat ruhini shakllantirish;
qiz bolalarni — bo‘lajak onalarni — jismonan sog‘lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib o‘rin egallashlarida, kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblangan hayotga bo‘lgan mustahkam nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;
sog‘lom bolani voyaga yetkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda boshlang‘ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini ta’minlash;
dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 10 dekabrdagi F-4577-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.
Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev):
bir hafta muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin, ularga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar so‘zsiz, to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy mas’uliyatni yuklasin;
ikki hafta muddatda — vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha «Sog‘lom ona va bola yili» tarmoq va hududiy dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini;
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan ishlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
yilning har bir choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi axborot taqdim etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog‘i jalb etilgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda amalda ishtirok etishi va aniq ulush qo‘shishi aks ettirilgan holda uning amalga oshirilishidan keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilinishini ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

 

Toshkent sh.,
2016 yil 9 fevral,
PQ-2487-son

Buxoro viloyati hokimining 2016 yil 25 fevraldagi 88-sonli "Sog`lom ona va bola yili" viloyat dasturi to`g`risidagi qarori doc.1.06 MB

 
Orqaga Chop Etish  2214 |   10-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

20-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation