Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  "Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash bo`yicha taklif va tavsiyalar” mavzusida seminar-trening bo`lib o`tdi
"Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash bo`yicha taklif va tavsiyalar” mavzusida seminar-trening bo`lib o`tdi

Joriy yilning 5 oktyabr sanasida Buxoro shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi axborot-kutubxona markazida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi vakillari hamda O`zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsentlari Nazira Toshpo`latova hamda Beruniy Alimov ishtirokida “Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash bo`yicha taklif va tavsiyalar” mavzusida seminar-trening bo`lib o`tdi.

Tadbirda viloyatdagi barcha matbuot va xususiy bosma nashrlar rahbarlari, hamda muharrirlari ishtirok etishdi. Seminar-treningi davomida “Hududiy nashrlarning bugungi holati: menejment va marketing yo`nalishlaridagi muammolar va yaxshilash bo`yicha taliflar” hamda “Olib borilayotgan islohotlar ustidan jamoatchilik nazoratini o`rnatishda jurnalistning roli va bunda kasbiy etika tamoyili” mavzularidagi ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarni tinglash barobarida ular  yuzasidan maxsus tayyorlangan taqdimotlar ko`rsatilib, bu boradagi viloyat va tuman gazetalaridagi mas’ullarning fikrlari atroflicha o`rganildi. Shuningdek, trening davomida O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig`i G.Sammiyeva so`z olib, bugungi kunda viloyat OAVlari tomonidan yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar  yuzasidan monitoring natijalari haqida fikr bildirdi va bu kabi kamchiliklar o`z o`rnida  tuzatilishi zarurligini ta’kidlab o`tdi. Konferensiya yakunida ma’ruzachilar va bosma nashrlar mas’ullari bilan savol-javoblar o`tkazildi.  

 

Orqaga Chop Etish  644 |   05-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation