Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Konstitutsiya: huquqiy madaniyat va burch mas'uliyati.
Konstitutsiya: huquqiy madaniyat va burch mas'uliyati.

Fuqarolarning huquq va erkinliklari, orzu-o‘ylari, tom ma’nodagi insoniylik ifodasi Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 25 yillik tantanalari mamlakatimiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanmoqda.

 Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasiga asoslanib, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bir qatorda inson manfaatlariga to‘la mos keladigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Shuni aytish kerakki, umrboqiy qomusiy hujjat hisoblangan konstitutsiyamizda davlat tuzilishi, uning boshqaruv shakli, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlari, shaxsning huquqi, erkinnligi va burchlari belgilab qo‘yilganki, ayni shu  me’yorlar bilan jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlar mustahkamlanadi.

Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib, xalq turmush farovonligini oshirish, yashash tarzini yanada yaxshilash, dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish uchun har bir jabhada  taraqqiyot va tashabbuskorlikka erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy siyosatning mohiyati aholi ehtiyojlarini qondirish, uning munosib turmushini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolarga Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashdan iborat.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan muvaffaqiyatlar, jadal o‘zgarishlar hamda yurtimizning demografik hususiyatlari ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir yangi yondashuvlar ishlab chiqishni taqozo etdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmonining qabul qilinishi mehnatsevar, bunyodkor, yaratuvchanlik ishtiyoqi bilan fidoyilik ko‘rsatayotgan xalqimizni tashabbuskorlikka , yangilik yaratishga undadi, desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. “Harakatlar strategiyasining” “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan bir nechta ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va sifatini yaxshilash bilan birga muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutildi va bu bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-sonli Farmoni mazkur islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Xususan, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, elektr va gaz ta’minoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‘lov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosining  tashkil etilishi iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, elektr energiyasi, tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish bilan bir qatorda fuqarolarning burch mas’uliyati, majburiyat hissini anglashlarida muhim omil bo‘ldi.

 Bosh prokuraturaga energiya resurslarini yetkazib berish, iste’mol qilish va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

O‘zbekistonda prokuratura organlarini tashkil etish va faoliyat yuritish tartibi, shuningdek, ularning vakolatlari mamlakat Konstitutsiyasi, "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonun va boshqa qonun hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-121-moddalar-dan iborat XXIV bobida prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi maqomi, vakolatlari hamda vazifalari aniq belgilab berilgan. Prokuroraturaning konstitutsiyaviy asoslari 1993 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunida yuridik jihatdan aniq ifodasini topdi.

Ushbu islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga ham prinsipial o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyojini yuzaga keltirdi. Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil
13 iyunda qabul qilingan O‘RQ-436-sonli, 2017 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-446-sonli,  2017 yil 16 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ-448-sonli Qonunlar bilan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bu bilan prokuratura organlariga energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga mas’uliyat yanada oshirildi. Energiya resurslarini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratildi. Bularning barchasi prokuraturani davlat hokimiyatining Konstitutsiyaga rioya qilinishini, mamlakatda amal qiluvchi qonunlarning ijro etilishini ta’minlashdan iboratdir.

Ushbu maqsadda, Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan qonunlarni targ‘ib qilish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash, shu jumladan energiya resurslari iste’molchilarining mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, byuro tashkil etilgan davrda boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan qonunlarning mazmun – mohiyatini tushuntirish, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ijro etishda qarzdorlarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha hamda energiya resurslari iste’molchilarining mas’uliyati va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha 1800 dan ortiq qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazildi. Ommaviy axborot vositalari orqali 25 dan ortiq chiqishlar qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4969-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasining tashabbusi bilan viloyatdagi targ‘ibot guruhlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida 15 dan ortiq ma’ruzalar, uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazildi.

Bir so‘z bilan aytganda, sohasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritganidan dalolat beradi.

Bu jarayonda mamlakatimiz Konstitutsiyasi — inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligining kafolati prokuratura esa fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qiluvchi organ sifatida o‘z faoliyati izchil davom ettiradi.

 

Jo‘rayev Sadriddin Nasriddinovich

Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektor 

Orqaga Chop Etish  1313 |   21-11-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-07-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation