Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimlikning me'yoriy huquqiy hujjatlari  /  Viloyat hokimining 4 yanvar 2017 yildagi, №01-ф sonidagi farmoyishi
Viloyat hokimining 4 yanvar 2017 yildagi, №01-ф sonidagi farmoyishi

Yuklab olish pdf

Viloyatning shahar va tumanlarida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq, oshkora uchrashuv va muloqotlar tadbirkorlikning imkoniyatlari naqadar keng ekanligi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish orqali aholini ish joylari bilan muqim ta’minlash garovi ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Biroq, joylarda mahalliy hokimliklar, tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining ushbu muhim sohaga e’tiborsizligi, tadbirkorlarning muammolarini hal etishda sansolarlikka yo‘l qo‘yilganligi, aksariyat holatlarda to‘sqinlik qilinayotganligi tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga imkon bermasdan kelayotganligini ko‘rsatib berdi.
Uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala va muammolar nazoratga olinib, ularni hal etish maqsadida har bir shahar va tumanlar bo‘yicha viloyatning chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib, aniq topshiriq va muddatlar belgilandi va tegishli ijrochilarga yetkazilishi ta’minlandi.
Qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlarining ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masala va muammolarni o‘z vaqtida, o‘rnatilgan tartibda va qonun doirasida hal etish borasidagi ishlarning monitoringini yuritish maqsadida:
1. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masala va muammolarni hal etish bo‘yicha viloyat monitoring guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
2. Viloyat monitoring guruhiga:
chora-tadbirlar rejalarida belgilangan har bir topshiriqlar bajarilishini ijrochilar kesimida kundalik o‘rganib borish, axborotlar to‘plash, yo‘nalishlar bo‘yicha turkumlash, tahlil qilish va viloyat hokimiga axborot kiritish;
2
muammo va masalalarni ko‘tarib chiqqan tadbirkorlar bilan bog‘lanib, olingan ma’lumotlar, to‘plangan axborotlarning haqqoniyligini aniqlash;
monitoring natijalarini viloyat hokimining ko‘rsatmasiga ko‘ra ommaviy axborot vosilalarida yoritilishini tashkil qilish topshirilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga rad javob berish faqatgina monitoring guruxi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
4. Korxona, tashkilot va muassasalardan jalb etilgan monitoring guruhi a’zolari 2017 yilning oxiriga qadar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlab berishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilsin.
5. Viloyat korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari viloyat monitoring guruhi a’zolarining murojaati asosida o‘z vakolat doirasiga tegishli va ijrosida bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha zudlik bilan o‘z muddatida axborot berishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilsin.
6. Shahar va tumanlar hokimlariga joylarda har bir qishloq fuqarolar yig‘inlarida tadbirkorlar bilan oshkora uchrashuv va muloqotlarni qat’iy belgilangan jadval asosida o‘tkazib, ularda bildirilgan taklif, muammo va masalalar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha monitoring guruhlarini tashkil etish, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimligiga har kunlik axborot kiritib borish topshirilsin.
7. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari H.G‘oyirov zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi                                                                                                                               O‘.Barnoyev 
 

Orqaga Chop Etish  274 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

18-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation