Bosh sahifa /  Hokimlikning me'yoriy huquqiy hujjatlari  /  Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida

              O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 17-son, 
131-modda) hamda 2017 yil 20 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2854-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 13 yanvardagi 2-son va 2017-02-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 3-son, 48-modda) qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
 

QAROR QILAMAN:


1. Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘im miqdorlari 1-ilovaga;
bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari
2-ilovaga;
bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning minimal miqdorlari 3-ilovaga;
viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan ob’ektlarni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar ro‘yxati va qiymati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat davlat soliq boshqarmasi (X.Xolboyev), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish viloyat bo‘limi (Ya.Karimov)ga viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borish topshirilsin.
3. Bozorlar va savdo komplekslari rahbarlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovi miqdorlari, shuningdek ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar ro‘yxati hamda qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bozorlar va savdo komplekslarining kiriladigan barcha joylariga osib qo‘yilishini ta’minlasinlar.
4. Viloyat hokimining 2016 yil 15 fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi 74-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida hamda hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.


Viloyat hokimi                                                                                                                                O‘.Barnoyev

 

Ilovalarni yuklab olish

Ilova 1

Ilova 2

Orqaga Chop Etish  589 |   10-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

16-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation