Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  O`zaro hamkorlik /  Xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish – zamon talabi ()
Xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish – zamon talabi ()

Kuni kecha Davlat bojxona qo‘mitasi tashabbusi bilan, Buxoroda tadbirkorlikni rivojlantirishga va ishlab chiqarish salohiyatini yanada yaxshilab, eksport ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan yana bir tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda nafaqat, bojxona organlari mutasaddilari, shu bilan birgalikda viloyat hokimligi, prokuratura, adliya va soliq idoralarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida so‘z olgan, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anvar Asamov, mazkur yig‘inni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  rahbarligida joriy yilning 3 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Seminarning asosiy ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga, Respublikamizda mazkur yo‘nalishda bojxona qonunchiligi bo‘yicha berilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Shundan so‘ng, yig‘ilish ochiq muloqot tarzida olib borildi. Unda, har bir tadbirkor bojxona sohasiga oid, shu bilan birgalikda, soliq va boshqa tegishli tashkilotlar xizmatiga aloqador bo‘lgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Shu kuni, Rais o‘rinbosari, Anvar Asamov hamda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Salimovlar, hududda faoliyat ko‘rsatayotgan eksportyor korxonalarga tashrif buyurishdi. Ular faoliyati bilan yaqindan tanishish asnosida, bojxona mutasaddilari, ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarning muammolarini yaqindan o‘rganishni ham maqsad qilishdi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu kabi seminarlar, tadbirlar nafaqat Buxoro viloyatining iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, hududga xorijiy sarmoyalarni jalb etish, Buxoro aholisini farovon turmush tarzini shakllantirish, uning kelgusi avlodlarini esa, faol tadbirkor qilib kamol toptirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Orqaga Chop Etish  240 |   26-08-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 69
  • Ko`rib chiqilmagan: 30
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-01-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 10 ta

navigation