Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Vatan himoyachilar kuniga bag'ishlangan tadbirdagi tabrik so'zi
Vatan himoyachilar kuniga bag'ishlangan tadbirdagi tabrik so'zi

Assalomu alaykum hurmatli festival ishtirokchilari, Vatanimizning jasur himoyachilari va navqiron yoshlar.


Avvalo, barchangizni yaqinlashib kelayotgan yangi – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” va bugungi harbiy-vatanparvarlik festivali munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Mamlakatimizda tarixanqisqa muddatda davlatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiya barpo etildi. 
Bugungi kunda harbiy boshqaruvning samarali tizimi shakllantirildi. Qurolli Kuchlar tarkibida turli qo‘shinlarning o‘zaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlaydigan mexanizmlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimi mutlaqo yangi asosga o‘tkazildi.
Muddatli harbiy xizmatning bir yil etib belgilanishi, harbiy xizmatchilar ijtimoiy-maishiy sharoitlari, oziq-ovqat ta’minotiningtubdan yaxshilanishi, muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan yoshlarning ishga joylashishi va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan bog‘liq imtiyozlarning belgilanishi ham sohadagi muhim o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.
Joriy yilda qurolli kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilganfuqarolarning davlat, ishlab chiqarish va tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgani, oliy ta’lim muassasalariga, oliy harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirgani, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga joylashtirilgani mazkur islohotlarning nechog‘lik ulkan samara berayotganligidan yaqqol dalolatdir.
Bularning barchasi harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit shakllanib, yoshlar o‘rtasida harbiy xizmat nufuzining keskin oshishida muhim omil bo‘ldi.
Ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashini nazarda tutadigan o‘ziga xos noyob tizim yaratildi. 
Bu tizimda yoshlar nafaqat zarur harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi, balki jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqadi. Ular o‘zlarining fuqarolik mas’uliyati, Vatan himoyachisi sifatidagi muqaddas yigitlik burchini chuqur anglab, o‘z yurtiga fidoyi inson bo‘lib yetishadi.
Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun ana shunday chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylandi. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan e’tirof etmoqda. 
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlagan-laridek, bugun onalar o‘z farzandlarini armiyaga ko‘zda yosh, yurakda xavotir bilan emas, balki mening o‘g‘lim haqiqiy Vatan himoyachisi bo‘ladi, deb, yuksak ishonch va faxr tuyg‘usi bilan kuzatmoqdalar. 
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, harbiy shaharchalarda zamon talablariga mos ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bu ishonch va faxr tuyg‘usini tobora mustahkamlamoqda. 
Butun mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan va viloyatimiz yoshlari ishtirokida o‘tkazilayotgan bugungi harbiy-vatanparvarlik festivali ham o‘g‘il-qizlarimiz qalbida ana shunday ulug‘vor tuyg‘ularni tarbiyalashda ulkan ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Fursatdan foydalanib, harbiy sohada o‘zining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o‘g‘lonlarimiz – askar va ofitserlar, barcha Vatan posbonlari, ularning ota-onalariga o‘zim nomimdan, Muhtaram Prezidentimiz va viloyatimiz ahli nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman. 
Kelayotgan 2018 yilda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxtu saodat, Vatanni himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda kuch-g‘ayrat va yutuqlar tilayman

Orqaga Chop Etish  290 |   13-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation