Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Halqaro hamkorlik /  Buxoroda Rossiya oliy ta’lim standartlari asosida hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilmoqda (2018-2019)
Buxoroda Rossiya oliy ta’lim standartlari asosida hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilmoqda (2018-2019)

Joriy o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filiali va Rossiya federatsiyasining I.I.Ivanov nomidagi Kursk Davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida Qo‘shma  fakultet va uning negizida “Agroinjeneriya” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilk qadamlar yo‘lga qo‘yildi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va boshqa me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi. Ularga muvofiq o‘zaro xamkorlikda tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan 2018-2019 o‘quv yilida 25 nafar talaba shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Talim rus tilida olib boriladi.

Mazkur qo‘shma ta’lim yo‘nalishi talabalari 1 va 3 bosqichlarni  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filialida 2 va 4 bosqichlarni esa Kursk Davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasida tahsil olishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bitiruvchilarga ikki tomonlama tan olinadigan diplom beriladi. Bugungi kunda barcha me’yoriy xuquqiy xujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlanishi uchun xukumatga taqdim etilgan.

2018-2019 o‘quv yilida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filiali o‘quv jarayoniga xorijiy OTM etakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Amerika, Xorvatiya, Germaniya va Rossiyadan kelib maruzalar o‘qishgan mutaxassis-olimlarning barchasi filial bilan xamkorlikni kengaytirish tarafdori, yani biz ular tomon kadam qo‘yganimiz sari, ular biz tomon intilishmoqda”-deydi filial direktori R.Musurmanov.

Shuningdek, Xorvatiyaning Zagreb universiteti va Germaniyaning Gumboldt universitetlari bilan imzolangan memorandumlarga asosan 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ushbu xorijiy ta’lim muassasalari bilan ham xamkorlikda ikki tomonlama diplom berish asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.

 
Orqaga Chop Etish  135 |   26-08-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation