O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi 285-sonli Qaroriga asosan quyidagi yer uchastkalariga bo‘lgan doimiy foydalanish huquqi tanlovga qo‘yilmoqda:
Talabgorlarning tanlov takliflari qayd etilgan konvertlar 2017 yil 09 yanvar kuni soat 15:00 da Buxoro viloyati hokimligi binosi kichik majlislar zalida ochiladi va taklifi eng yaxshi deb topilgan tanlov g‘olibi aniqlanadi.
Talabgorlardan buyurtmanomalarni qabul qilish bildirishnoma matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab rasmiy ish kunlari soat 09.00dan 18.00gacha qabul qilinadi (13.00dan 14.00gacha tushlik).
Talabgorlardan buyurtmanomalarni qabul qilish 2017 yil 06 yanvar kuni soat 18.00 da to‘xtatiladi.
Majburiyatlarning boshlang‘ich xajmi tuman va shaxar arxitektura bo‘limi tomonidan tayyorlangan shaxarsozlik topshirig‘i asosida belgilanadi.
Yuqoridagi yer uchastkalarining doimiy foydalanish huquqi belgilangan tanlov kunida sotilmagan taqdirda, navbatdagi tanlov savdolari 2017 yil 16,23,30 yanvar, 6,13,20,27 fevral va 6,13,20,27 mart kunlari soat 15.00dan boshlab bo‘lib o‘tishini oldindan ma’lum qilamiz.
Takroriy tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan buyurtmanomalarni qabul qilish 2017 yil 13,20,27 yanvar, 3,10,17,24 fevral va 3,10,17,24 mart kunlari kunlari soat 18.00da to‘xtatiladi.
Takroriy tanlov qatnashchilarining takliflari qayd etilgan konvertlar Buxoro viloyati hokimligi binosi kichik majlislar zalida 2017 yil 16,23,30 yanvar, 6,13,20,27 fevral va 6,13,20,27 mart kunlari soat 15.00dan boshlab ochiladi va belgilangan tartibda tanlov g‘olibi aniqlanadi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan cheklangan (majburiyatlar olingan) huquqlar mavjud emas.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi yuridik va jismoniy shaxslar:
- Har bir yer uchastkasi bo‘yicha tanlov hujjatlarini eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdoridagi haq evaziga olishlari;
- Savdo tashkilotchisi bilan tuzilgan zakalat kelishuviga asosan tegishli yer uchastkasi minimal qiymatining 10 foizi miqdoridagi zakalat pulini buyurtmanomalar qabul qilinadigan oxirgi muddatga qadar to‘lashlari;
- Zakalat to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatidan nusxa, tanlov hujjatlari talablariga muvofiq tuzilib konvertlarga joylashtirilgan ikki nusxadagi tanlov takliflari va buyurtmanomasini savdo tashkilotchisiga topshirishlari lozim.
Tanlov hujjatlari uchun to‘lanadigan haq va zakalat pullari quyidagi hisob raqamga to‘lanadi: “Sanoat qurilish bank” Buxoro mintaqaviy filialidagi: MFO: 00086, STIR: 207122519, x/r: 20208000604920609031.
Savdo tashkilotchisi: “Ko‘chmas mulk savdo xizmati” MChJning Buxoro viloyat filiali
Pochta manzili: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, A.Yassaviy ko‘chasi, 3-uy (indeks: 200101) da
Tanlov hujjatlari nusxasini olish, tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar topshirish, qo‘shimcha ma’lumotlar olish va axborot-maslaxat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Tel. raqami: (0 365) 224-58-71.
Elektron manzil: user04@inbox.uz.
Litsenziya № RR 0001.
Sayt: www.1kms.uz
Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba
- Jami murojaatlar: 57
- Ko`rib chiqilmagan: 18
- Ko`rib chiqilmoqda: 7
- Ko`rib chiqilgan: 32
26-04-2018
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev | Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat prokurori B.B.Valiev | Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev | Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00 |
Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta