Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Sessiyalar /  Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Yuklab olish 289KB

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi


QAROR QILDI:


1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 2016 yil 15 iyul kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin. 
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining sessiyasi muhokamasiga ish rejasi asosida quyidagi masalalarni kiritish nazarda tutilsin:2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat va hududiy dasturlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining yakunlari tahlillari to‘g‘risida;2016 yil 6 oyida viloyat mahalliy byudjetining ijrosi to‘g‘risida viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.
3. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.Ishchi guruhiga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2016 yil 5 iyulgacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4.Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.


Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                                M.Esanov

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 30 maydagi
89/17-V-sonli qaroriga 1 ilova


2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat va hududiy dasturlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash 
bo‘yicha ishchi guruhi
TARKIBI

Aminov Farmon Mavlyanovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari

Ergashev Baxriddin Abdurasulovich
- 46-Bobur saylov okrugidan deputat, O‘zLiDeP G‘ijduvon tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari 

Muxamedxanov Ulugbek Turgudovich
- 3-Yoshlik saylov okrugidan deputat, Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori

Norov Bozor 
Choriyevich - 25-Qalaychorbog‘ saylov okrugidan deputat, Romitan tumani “Imidj-Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori 

Jumayeva Sanam Baqoyevna - 35-Yangibozor saylov okrugidan deputat, Peshku tumani “Istiqbol” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi 

Tangriyev O‘ktam Ziyodulloyevich - Buxoro viloyati hokimligi apparati Axborot-tahlil guruhi rahbari

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 30 maydagi
89/17-V-sonli qaroriga 2 ilova


Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining 2016 yil birinchi yarim yiligidagi faoliyatining yakunlari tahlillari to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi
TARKIBI

Baxronov Toxir Saidovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Buxoro xalqaro aeroporti direktori, ishchi guruhi rahbari

Mahmudov Sherzod Ro‘zimurodovich - xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasining Buxoro mintaqaviy bo‘limi raisi 

Xayitov Asror Axmadovich - xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kogon sanoat va transport kasb-hunar kolleji direktori

Shamuradov Usmonjon Elmurotovich - xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati, “Buxorobalik” MChJ direktori

Hamidov Maqsud Amonovich - xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati, Vobkent tumani stomotologiya poliklinikasi bosh vrachi

Ashurov Jamol Radjabboyevich - xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, Jondor tumani ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi

Boymurodova Fazolat Safarovna - xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Kogon tuman va shahar Kengashi raisi

Haydarov Yo‘ldosh Hazratovich
- xalq deputatlari Olot tumani Kengashi deputati, Buxoro viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari" kafedrasi mudiri

Boboyev Mustafo Tolibovich - xalq deputatlari Peshko‘ tumani Kengashi deputati, Peshku tumanidagi 21-son o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi 

Atoyeva Rahima Kamolovna - xalq deputatlari Romitan tumani Kengashi deputati, Romitan tumanidagi 23–son o‘rta umumta’lim maktabi direktori

Soliyev Botir - xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati, Shofirkon tumani “Talisafed” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli

Shukrullayeva Ra’no Xayrullayevna - xalq deputatlari Qorako‘l tumani Kengashi deputati, Qorako‘l tumani Tojikent mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Jumayev O‘tkir Muhammadovich - xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashi deputati, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” unitar korxonasida iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Mansurov Jamshid Obloberdiyevich - xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputati, G‘ijduvon tumani F.Xo‘jayev mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

Orqaga Chop Etish  1059 |   30-05-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 40
  • Ko`rib chiqilmagan: 23
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

23-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation