Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida.
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida.

Litsenziya bu litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalashning huquqiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi 71-II-son “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi va 1999 yil 20 avgustdagi 822-I-son “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 
22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 oktyabrdagi 421-son “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga davlat bojlari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar sohasida mahalliy tarmoqlar, shaharlararo tarmoqlar, xalqaro tarmoqlar, ko‘chma radiotelefon aloqa tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko‘rsatishi litsenziyalanishi shart. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishi taqiqlanadi. 
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq litsenziyaning amal qilish muddati, qoida tariqasida, cheklanmaydi. Litsenziya qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziya da’vogarining arizasida ko‘rsatilgan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam bo‘lmasligi lozim. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qaroriga muvofiq Mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, ko‘chma radiotelefon aloqa, tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va kommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatishga litsenziyalar 15 yilgacha bo‘lgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi. Bunda xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatishga mazkur Nizomga muvofiq birinchi marta berilgan yakka tartibdagi litsenziyaning amal qilish muddati 5 yildan ortiq bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ular xizmatlarini ko‘rsatishga hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya va retranslyatsiya qilish)ga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Agar teleko‘rsatuvning kabel tarmog‘i va radioeshittirishning simli tarmog‘i bir muassasa, o‘quv yurti yoki sanoat korxonasi binosi va hududi bilan cheklangan yoxud abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq bo‘lmasa, faoliyat aholining hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tugatish bilan, shuningdek faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar tarmog‘ini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lsa, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan (mahalliy, radiotelefon, ma’lumotlar uzatish) telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatmasdan faqat ishlab chiqarish-texnologiya maqsadlarida foydalanilsa telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash talab etilmaydi.


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalari sohasidan nazorat bo‘yicha davlat 
inspeksiyasi inspektori B.Roziqov

Orqaga Chop Etish  302 |   27-03-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation