Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Faol yoshlarga uylar topshirildi
Faol yoshlarga uylar topshirildi

Mamlakatimizda bugungi kunda yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi farovonligi va turmush madaniyatini yuksaltirish bilan birga, yurtdoshlarimizning ongu tafakkuri, hayotga munosabatini o‘zgartirib, ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida 64 xonadonga hamda Kogon shahrida 32 xonadonga mo‘ljallangan “Yoshlar” uylarining kalitlari davlat va jamoat ishlarida faol qatnashgan yoshlarga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi O‘. Barnoyev so‘zga chiqib, navqiron avlod uchun ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik yigit-qizlarimizning Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishi, o‘qib-izlanishi uchun ulkan rag‘bat bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

“Yoshlar” uylari bilan taqdirlangan yoshlar orasida fan olimpiadasi g‘oliblari, sport bo‘yicha Osiyo va jahon chempionlari, shuningdek, yuksak natijalarga erishgan faol tashkilot xodimlari mavjud.

Orqaga Chop Etish  1452 |   25-12-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation