Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Ichki turizmni rivojlantirish yo'lida: Yoshlarning sayohatga qiziqishi ortmoqda
Ichki turizmni rivojlantirish yo'lida: Yoshlarning sayohatga qiziqishi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan e’lon qilingan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish borasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarali bo‘lmoqda.
Bu borada joriy yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi va Buxoro viloyati hokimligi ko‘magida Navoiy viloyatining 50 nafar faol hamda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarining Buxoroga sayohati tashkil etildi.
Mazkur sayohatdan asosiy maqsad yurtimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yoshlarning qadimiy tarix, madaniyat va milliy qadriyatlarni chuqur o‘rganishi, bo‘sh vaqtlarini maroqli va qiziqarli o‘tkazishi hamda ularning sayohatga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.


Sayohat davomida navoiylik yoshlar ko‘hna “Ark” qal’asi, “Poyi kalon” maydoni, Mir-Arab madrasasi, “Labi Hovuz” majmuasi, “Toqi zargaron”, “Toqi telpakfurushon” savdo markazlari va G‘arbu-Sharq arxitekturasining uyg‘unlashgan mahsuli hisoblangan “Sitorai Moxi xossa” saroyida bo‘lishdi.
Buxoroga ilk bor tashrif buyurgan yosh mehmonlar, qadimiy “Ark” qo‘rg‘oni va Minorai-Kalonning ulug‘vorligi hamda Sitorai Moxi xossaning go‘zal va betakror arxitekturasi, ulardagi san’at asarlarini tomosha qilishib, o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganliklaridan g‘oyatda mamnun ekanliklarini e’tirof etishdi.


Ekskursiya yakunida navoiylik yosh sayohatchilar Islom olamida ma’lum va mashhur hisoblangan Xoja Baxovuddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdi.
Sayohatdan zavq olgan barcha o‘quvchi-yoshlar tashkilotchilarga o‘zlarining taasurotlari, fikr-mulohazalari va tashakkurlarini bildirishdi.

Orqaga Chop Etish  1208 |   15-01-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 7 ta

navigation