Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Tadbirkorlik subyektlariga oid hujjatlar  /  Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar

Yuklab olish pdf

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi 
PQ-2750-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash haqida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida


QAROR QILAMAN:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi PQ-2750-sonli “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasining takliflariga asosan “yagona darcha” markazlarini tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinganligi;
banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “yagona darcha” markazlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi;
tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilganligi; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarni (bundan buyon - hududiy komissiyalar) tuzilishi belgilanganligi;
hududiy komissiyalarga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari rahbarlik qilishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi va uning joylardagi bo‘limlari Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalarning ishchi organi etib belgilanganligi; 
2017 yilda faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etish jadvali 2-ilovaga,
2018 - 2020 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 
3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
faqat “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilganligi; 
tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlar hajmining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar “yagona darcha” markazi faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomiga ochilgan maxsus shaxsiy hisobraqamga o‘tkazilishi hamda kelib tushayotgan mablag‘lar “yagona darcha” markazlarini saqlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Shahar va tumanlar hokimlariga:
bir kunlik muddat ichida mazkur qaror ijrosi yuzasidan tegishli qarorlarini qabul qilish;
viloyat adliya boshqarmasi hamda xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining davlat mulki bo‘lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulklar adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlash topshirilsin.
4. Tumanlar va shaharlar hokimliklari, viloyat hokimligi moliya boshqarmasi (U.Umarov), xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi (F.Ergashev), viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasi (I.Nosirov) “yagona darcha” markazlarining davlat mulki bo‘lgan barcha bino va inshootlarini, ularga tegishli asbob-uskunalar, hujjatlar va boshqa mulklarni viloyat adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda tekin taqdim etilishini ta’minlash bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi (A.Qudratov) va viloyat hokimligi “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (Sh.Djamalov)lar bir haftalik muddatda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi idoralar va tashkilotlar mas’ul xodimlarining elektron raqamli imzolar bilan ta’minlanganligini xatlovdan o‘tkazsin hamda ularni elektron raqamli imzo bilan to‘liq ta’minlasin. 
6. Viloyat adliya boshqarmasi (A.Xalilov) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi (A.Qudratov), Buxoro viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi (Sh.Djamalov), O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi (J.Qandov) bilan hamkorlikda “Yagona darcha” markazi xodimlari hamda “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi idoralar va tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida seminarlar o‘tkazilishini tashkillashtirsin.
7. Viloyatdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga: 
“yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan;
2017 yilda hamda 2018-2020 yillarda “yagona darcha” markazlari orqali ko‘rsatiladigan qo‘shimcha davlat xizmatlarini joriy etishga doir tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin. 

 

Viloyat hokimi                                                                                                                         O‘.Barnoyev

 

Orqaga Chop Etish  164 |   25-02-2017




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

23-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation