Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Halqaro hamkorlik /  Turkiya Jumhuriyati Bosh Vaziri devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA)
Turkiya Jumhuriyati Bosh Vaziri devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA)

Turkiya Jumhuriyati Bosh Vaziri devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) Buxoro viloyatida bir qancha loyihalar amalga oshirishni belgilagan. 
TIKA O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2014 yilda Buxoro shahar Naqshband ko‘chasi 266-uyda joylashgan binoda “Ayollar kasb-hunar markazi” qayta ta’mirlanib, zamonaviy uskunalari bilan jihozlandi va bugungi kunda ushbu markazda tikuvchilik, konditerlik, sartaroshlik, elita parda tikish, patdo‘zlik kabi o‘quv kurslari tashkil etilib, ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. 
2014 yil oktyabr oyida Turkiya jumhuriyati Bosh vaziri devoni huzuridagi Turkiya hamkorlik va taraqqiyot idorasi rahbari Serdar Chamnning Buxoro shahriga qilgan tashrifi chog‘ida Buxoro shahar hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tomonidan ayollarni ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida bir qator loyihalarni amalga oshirish taklifi bildirilib, mazkur loyihalar TIKA tomonidan ko‘rib chiqilishi va qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.
2015 yilda TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda quyidagi loyihalar amalga oshirilishi kelishib olingan:
- Buxoro shahrida Ayollar salomatlik, hunarmandchilik va biznes markazi qurish va jihozlash (markaz tomografiya xonasi, UZI xonasi, kosmetolog xonasi, massaj xonasi, fitobar xonasi, fitnes klub, sport zali (ayollar va bolalar uchun), ayollar go‘zallik saloni, kompyuter xonasi, katta konferensiya zali, 2 ta o‘quv xonasi (kichik konferensiya xonasi), mini bar (kofe-breyklar uchun), yurist xonasi, biznes-konsultatsiya va investitsiyalar xonasi, psixolog xonasi, hunarmandchilik ko‘rgazma zali, dam olish xonasi, konsalting xizmat ko‘rsatish xonasi, tikuvchilik sexi, ayollar poyabzal tikish sexi, sumka tikish sexi, chet tillarin o‘rganish xonasi);
- 5 ta tumanda, jumladan Peshko‘, Jondor, Kogon, Romitan, Olot tumanlarida “Ayollar kasb-hunar markazi”ni tashkil qilish;
- quyosh energiyasi bilan isitiladigan 30 ta issiqxona qurish; 
- 2 ta turli xildagi qog‘ozdan yashik (korobka) ishlab chiqarish sexi tashkil qilish;
- 5 ta mevani quritish sexlarini tashkil qilish;
- Buxoro shahrida Magoki Attori obidasini restavratsiya qilish, tarixiy obidalar atrofida chiroqlar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Orqaga Chop Etish  173 |   22-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 26
  • Ko`rib chiqilmagan: 9
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

28-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation