Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Matbuot xabarlari /  XVII an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali qalblarga muhrlandi!
XVII an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali qalblarga muhrlandi!
 
 

Uch kun davom etgan festivalning yopilish marosimi—Buxoro me’morchilik san’atining betakror na’munasi bo‘lgan Ark qo‘rg‘oni oldidagi Registon  maydonida bo‘lib o‘tdi. Sayyohlik va hunarmandchilik bayramidan bir olam taassurot olgan chet ellik turistlar, mamlakatimizdagi xorijiy elchixonalar diplomatik korpusi, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari, respublikamiz turli burchaklaridan kelgan mehmonlar chehrasida quvonch balqib turibdi. Buxoroning buguni va porloq ertasi, mustaqillikni mustahkamlash uchun shijoat ko‘rsatayotgan shahar ahli va yoshlar ko‘zlarida esa g‘urur va surur chaqnagan.

Soat 20.00. Chorlov sadolari yangraydi. Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoev tantanali tadbirni kirish so‘zi bilan ochdi.

-So‘nggi yillarda, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev, mamlakatimizning turizm sohasidagi ulkan salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish yo‘lida tamomila yangicha, innovatsion yondashuvni ilgari surmoqdalar-deydi viloyat rahbari.

Qadimiy yodgorliklarimiz, betakror me’rosimizdan yaqin va olisdagi millionlab sayyohlarni bahramand qilish maqsadida, turizm rivoji uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun, Buxoro viloyati misolida ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Davlatimiz rahbarining turizm sohasini, Buxoro viloyatining salohiyatini jadal rivojlantirishga qaratilgan Farmon va Qarorlari sayyohlikni - rivojlanishimizning strategik tarmog‘i sifatida belgilab berdi.

Bu yilgi XVII an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali ham Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar samarasi ularoq qamrovi yanada kengayib, yangicha mazmun kasb etdi.

Festival tadbirlariga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurib, xorijlik mehmonlar soni 3,5 mingdan oshdi.

Tadbirlarga qiziqish har yilgidanda o‘zgacha bo‘ldi. “Osh sayli”, milliy sport musobaqalari, hunarmandlarning “mahorat darslari”, folklor dastalarining chiqishlari barchaga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

 “Biznes forum” ishbilarmon doiralarning o‘zaro manfaatli hamkorligi uchun samarali muloqot maydonchasi, innovatsion takliflarga boy anjuman bo‘ldi.

Bunday natijalar zamirida, avvalombor, Davlatimiz rahbarining ochiqlik, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan, yaqin istiqbolda yangicha taraqqiyot yo‘lini ko‘zda tutgan izchil ichki va tashqi siyosati yotadi.

Turizm sohasi misolida aytadigan bo‘lsak, joriy yilning fevralidan boshlab, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Turkiya va Isroildan kelayotgan turistlarga mamlakatimizda 30 kungacha vizasiz bo‘lishga ruxsat berilganligi, 39 ta mamlakat fuqarolariga viza berish tartibi soddalashtirilganligi, shu yilning            1 iyulidan boshlab, elektron vizalar joriy qilinishi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida misli ko‘rilmagan istiqbollarni ochib bermoqda.

Ziyorat turizmi yo‘nalishida Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy etilganligi natijasida bugun har oyda minglab xorijliklar islom dunyosida tan olingan buyuk allomalarning tabarruk qadamjolari, “Etti pir” ziyoratgohlariga tashrif buyurmoqdalar.

Bundan tashqari, Buxoroda an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan “Navro‘z” bayrami, “Nasriddin afandi kuni”, “Sharq taomlari”, “Qovun sayli”, “Hunarmandlar kuni”, “Buxoro shahri kuni” festivallari, “Mahoratli pazandalar” ko‘rik-tanlovlari va boshqa madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etayotgan sayyohlar xalqimizning tarixi, madaniyati, turmush tarzi va qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Respublikamizda bo‘lgani kabi, Buxoroda ham keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tarixiy yodgorliklarimizning asl qiyofasini tiklash, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mehmonxonalarni ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini va turlarini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.

Uch kun davom etgan “Ipak va ziravorlar” festivali davomida Sizga namoyish etilgan qadimiy urf-odat va an’analarimiz, noyob milliy hunarmandchiligimiz - necha asrlardan buyon xalqimiz avloddan-avlodga etkazib kelayotgan tengsiz boyligimizdir.

Ipak va shoyi matolarimizdagi ranglar jilosi, milliy o‘ymakorlik, kashta va zardo‘zlik mahsulotlaridagi naqsh va shakllar o‘zida xalqimizning tarixi va bugungi kunini, ezgu niyatlarini aks ettiradi.

Shu qisqa festival kunlari davomida, kuy va qo‘shiqlarimiz, lapar va raqslarimiz xalqimizning bag‘rikengligi-ni, ochiq ko‘ngilligi va mehmondo‘stligini tarannum etishiga guvoh bo‘ldingiz, deb umid qilaman.

Viloyat hokimi pirovardida festivalning mazmunli va qiziqarli o‘tishini ta’minlaganlari  uchun barcha tashkilotchilarga, qimmatli vaqtini ayamay tadbirga tashrif buyurgan xalqaro diplomatik korpus vakillariga, xorijiy va mahalliy hunarmand-dehqonlarga, respublikamiz viloyatlaridan kelgan folklor-etnografik ansambllari jamoalariga minnatdorchilik izhor etdi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga shoir Shodmon Sulaymon senariysi asosida rejissyor Rauf Avezov tomonidan sahnalashtirilgan kontsert dasturi namoyish etildi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar Zulayxo Boyxonova,  Alisher Turdiev (Fayz), Hosila Raximova, Sevinch Mo‘minova, Ziyoda, “Sharq” guruhi va viloyatimiz taniqli san’atkorlari, yosh ijrochilari kuylagan Buxoro shashmaqomi va mavrigi taronalari, mumtoz va zamonaviy qo‘shiqlar dillarga zavq-shavq bag‘ishladi.

Dastur O‘zbekiston Xalq artisti Zulayho Bayxonova ijrosidagi Vatanni madh etuvchi  tarona bilan nihoyalanayotganda barcha san’atkorlar, tomoshabinlar final qo‘shig‘iga jo‘r bo‘lishdi.

Navbatdagi “Ipak va ziravorlar” festivali o‘z nihoyasiga etdi. Undan esa qalblarda bir olam shukuh, zavq va taassurot qoldi. Shu bois festival qatnashchilari, xorijiy sayyohlar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari navbatdagi festivalda uchrashishga umid bildirib xayrlashishdi.

Orqaga Chop Etish  237 |   18-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

13-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation