Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Vatanimiz Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Vatanimiz Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlangan tabrik so’zi

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Qadrli bayram ishtirokchilari va mehmonlar!
Bugun ushbu go‘zal va muhtasham maydonda siz, azizlar bilan ko‘rishish, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun viloyatimiz ahlini biz uchun eng ulug‘ va eng aziz bo‘lgan O‘zbekistonimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 25 yillik to‘yi bilan chin qalbimdan tabriklash – men uchun katta baxt, katta sharafdir. 
Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo‘lib, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘’tabardir. 
Aynan mustaqillik toptalgan qadriyatlarimizni, dinu diyonatimizni, oru nomusimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, xalqimizning orzu-intilishlariga, milliy manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish yo‘lini ochib berdi. 
Istiqlol sharofati bilan muhtaram Yurtboshimiz rahnamoliklarida mard va matonatli xalqimizning tarixan qisqa davrda amalga oshirgan olamshumul ishlar tufayli shahar va qishloqlarimiz, butun mamlakatimizning qiyofasi tobora ochilib, obodlikka yuz tutdi, aholining hayot darajasi va sifati yuksaldi, jonajon O‘zbekistonimiz zamonaviy davlatlar qatoriga kirib bordi.
Bu fikrning yaqqol tasdig‘ini birgina viloyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat va sport hamda boshqa sohalarda erishgan yutuqlari misolida ham ko‘rish mumkin. 
Viloyatda turli jabhalarni o‘zida qamrab olgan dasturlar asosida aniq maqsadlar yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot 108,3 foizni tashkil etdi. Sanoatni rivojlantirish, uning salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilangan 215 ta loyiha joriy etilishi tufayli 
2 trillion 900 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 
Shu o‘rinda viloyatimizning eksport salohiyati oshib borayotgani haqida ham to‘xtalish lozim bo‘ladi. Joriy yilning dastlabki olti oyida hududiy korxonalar tomonidan xorijga 52,7 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi. 
Qishloq xo‘jaligida islohotlar izchil amalga oshirilishi, davlatimiz tomonidan qishloq mulkdorlari bo‘lgan fermerlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi natijasida davlatga don sotish shartnomaviy rejasi oshirib bajarildi. Paxtakorlarimiz ham yuqori marrani ko‘zlagan holda, barakali mehnat qilishayapti. Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini boshqa sohalarida ham sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Quvonarlisi shundaki, qishloq mulkdori sifatida shakllangan fermerlarimiz bugun faqatgina agrar soha bilan cheklanmasdan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksportga yo‘naltirish, sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, yangi ish o‘rinlarini yaratish va bu orqali qishloq aholisi turmush taraqqiyoti va farovonligini oshirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. O‘z navbatida fermer xo‘jaliklari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida yangi, tejamkor texnologiyalar asosida ishlovchi issiqxonalar barpo etish, chet davlatlardan naslli qoramol keltirib ko‘paytirish borasida ham maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2016 yilning “Sog‘lom ona va bola yili”, deb e’lon qilinishiga muvofiq ishlab chiqilgan Davlat va hududiy dasturlarda belgilangan tadbirlarga hozirgacha 344,7 milliard so‘m hamda 11,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ sarflandi. 
Quvonarlisi shundaki, davlatimiz rahbari tomonidan qaratilgan bu kabi rag‘bat va e’tiborga nisbatan viloyatimiz yoshlari ham respublika, qit’a hamda jahon miqyosidagi turli fan, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyon etgan holda qator yutuqlar bilan javob berishmoqda.
Chunonchi, viloyat o‘quvchi-yoshlarining Respublika fan olimpiadalarida doimiy ravishda yuqori o‘rinlarni egallab kelishayotganliklari, oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha peshqadamlar safida ekanligi, qolaversa, birgina Qorako‘l tumanidagi akademik litsey o‘quvchilarining matematika, kimyo, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, shu davrgacha jami 38 ta medalni qo‘lga kiritganini bugun faxr bilan tilga olish joiz.
Shu o‘rinda muhtaram Yurtboshimizning bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibori natijasida bo‘y ko‘rsatayotgan qator yutuqlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Jumladan, birgina joriy yilning o‘zida badiiy gimnastikachi qizimiz Gulnoza Aliyevaning Zulfiyaxonim nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanishi, uch bosqichli sport musobaqalarining eng yuqori bo‘g‘ini “Universiada” o‘yinlari doirasida talaba-sportchilarimizning 4 ta oltin, 6 tadan kumush hamda bronza medali sohibi bo‘lishganini alohida qayd etish lozim. 
Ayniqsa, yaqindagina Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschimiz Shahobiddin Zoirovning barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori cho‘qqisini zabt etgani, Shahram G‘iyosovning esa kumush medalga sazovor bo‘lganligi, dzyu-dochi Rishod Sobirov hamda erkin kurashchi Ixtiyor Navro‘zovlarning olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritgani, medallar soni va sifati bo‘yicha viloyatimiz vakillarining o‘ziga xos rekord natijani qayd etgani barchamizning qalbimizda cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ularini bag‘ishladi. Shuningdek, dzyu-do, yengil va og‘ir atletika turlari bo‘yicha ham ushbu nufuzli musobaqada qatnashgan yosh umidli vakillarimiz Mirali Sharipov, Nigina Sharipova hamda Sardor Do‘smurodovlarning har bir chiqishlari mutaxassislar tomonidan yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Sportchilarimizning olimpiada medallarini jamg‘arish bo‘yicha respublikada yetakchilikni qo‘lga kiritgani, qolaversa, katta sportning mahorat saboqlarini aynan viloyatimizda olgan bokschi Fazliddin G‘oyibnazarovning oltin medali sohibi bo‘lgani ham Buxoro sport maktabi salohiyatining o‘ziga xos ko‘zgusidir.
Mustaqilligimizning yigirma besh yilligi viloyatimiz aholisi uchun qurilish sohasida ham ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlarga boy davr bo‘ldi. 
Davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi bilan investitsiya va boshqa mablag‘lar hisobidan 31 ta maktab, 9 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, 11 ta sog‘liqni saqlash, 5 ta sport ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Buxoro va Kogon shaharlarida har biri 32 xonadondan iborat uchta “Kamolot” uylari bunyod etildi. Romitan tumanida esa zamonaviy yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirish arafasida.
Ayniqsa, joriy yilda Qandim gazni qayta ishlash kompleksining qurilish ishlari boshlanganligi, Kogon temir yo‘l vokzalining yangi binosi barpo etilib, viloyatimizga yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd qatnovining yo‘lga qo‘yilishi kabi yirik loyihalar biz buxoroliklar uchun mustaqillikning 
25 yilligiga ajoyib bayram to‘yonasi bo‘ldi.
Shu o‘rinda Prezidentimizning bevosita tashabbuslari va rahnamoliklarida qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi ko‘lami kengayib borayotganini ta’kidlash joiz. Joriy yilda ham viloyatda 25 ta massivda 992 ta namunaviy uy-joylar qurilib, ular oldida 17 ta bozor infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Albatta bu ishlarning barchasi aholimizning katta qismi yashaydigan qishloqlarimiz qiyofasini ham o‘zgartirish, bu yerda yashovchi kishilar turmush madaniyatini oshirish va farovonligini ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlarning samarasidir.
Birgina viloyatimiz misolida erishilgan bu kabi yutuqlarni o‘z tafakkuringizda mushohada etar ekansiz, “Kim edigu kim bo‘ldik”, degan savolni oldingizga qo‘yish asnosida uning javobidan benihoya g‘urur va qoniqish hislarini tuyib, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan shukronalik so‘zlarini keltirasiz.
Qadrli do‘stlar!
Yurtimizda insonning el ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari munosib qadrlanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi arafasida respublikamiz Prezidentining Farmoniga asosan, istiqlolimiz 25 yilligi munosabati bilan bir guruh viloyatdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, davlatimizning munosib e’tirofiga sazovor bo‘lgan ana shu yurtdoshlarimizni samimiy tabriklayman.
Aziz yurtdoshlar! 
Sizlarni mamlakatimiz davlat Mustaqilligining 25 yilligi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Har biringizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxtu saodat, tuprog‘i muqaddas O‘zbekistonimiz qudratini yanada oshirish yo‘lidagi ezgu ishlaringizga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman. 
Yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lib, uni yomon ko‘zlardan Yaratganning o‘zi asrasin!
Xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Orqaga Chop Etish  916 |   01-09-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

29-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation