Bosh sahifa /  Sessiyalar /  Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Yuklab olish 286KB

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi

QAROR QILDI:


1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 2016 yil 26 may kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin. 
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining ish rejasi asosida sessiyasi muhokamasiga quyidagi masalalarni kiritish nazarda tutilsin:2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturida belgilangan tadbirlarning viloyatda ijrosi borasida viloyat hokimining o‘rinbosari F.Atayevning hisoboti to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 
PQ-2455-sonli hamda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2015 yil 26 dekabrdagi “Buxoro viloyatining 2015 yil byudjeti kutilayotgan ijrosi hamda 2016 yilga mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 53/9-V sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan G‘ijduvon tumanida mahalliy byudjet daromadlarini keskin ko‘paytirish orqali subvensiya ulushini kamaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida;Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-resurs markazlarining ish faoliyati va ularni zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash darajasi to‘g‘risida.
3.Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 1,2,3 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhlariga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2016 yil 19 maygacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.



Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                            M.Esanov

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 7apreldagi
82/16-V-sonli qaroriga 1-ilova


2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturida belgilangan tadbirlarning viloyatda ijrosi borasida viloyat hokimining o‘rinbosari F.Atayevning hisoboti to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi 

TARKIBI 


Baxronov Tohir 
Saidovich - Xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari

Jumayev Zafar Ikromiddinovich - -31-Qaroli saylov okrugidan deputat, "O‘zdavneftgazinspeksiya" Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i

Kamolova Istat Shukurovna - -45-Chorsu saylov okrugidan deputat, G‘ijduvon tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari

Ro‘ziyev Asror Arashovich - -29-Xumdonak saylov okrugidan deputat, "Amu-Buxoro" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

Xoliqov Zokir Xodiyevich - -40-Jo‘ynav saylov okrugidan deputat, “G‘arbiy-O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasi bosh geologi

Yuldasheva Nasiba Boboqulovna - -53-Qozon saylov okrugidan deputat, Qorako‘l tumani “Mo‘ynachi hunarmand” fermer xo‘jaligi huzuridagi tikuv sexi bosh dizayneri

Hasanov Ahror Ahmadjanovich - 36-Zandani saylov okrugidan deputat, “Buxoroavtoyul” qurilish shu’ba korxonasi boshlig‘i 

Mirzayev Shomurod Rajabovich- viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsilar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 7apreldagi 82/16-V-sonli qaroriga 2-ilova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 
PQ-2455-sonli hamda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2015 yil 26 dekabrdagi “Buxoro viloyatining 2015 yil byudjeti kutilayotgan ijrosi hamda 2016 yilga mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi 53/9-V sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan G‘ijduvon tumanida mahalliy byudjet daromadlarini keskin ko‘paytirish orqali subvensiya ulushini kamaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi 


TARKIBI 


Jo‘rayeva Saida Teshayevna - Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruh rahbari

Amonova Dilfuza Xalimovna - 18-Galaosiyo saylov okrugidan deputat, Buxoro tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori 

Ismatov Shuhrat Ubaydovich - 26-Chelong‘u saylov okrugidan deputat, Romitan pedagogika kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi

Murodov Djamshed Sobirovich - 23-Yangihayot saylov okrugidan deputat, Vobkent tumani "Buxoro Baxor" qo‘shma korxonasi rahbari 

Safarova Zamira Xaydarovna - 47-Firishkent saylov okrugidan deputat, G‘ijduvon tumani "G‘ijduvon Mashhurasi" xususiy korxonasi rahbari

Sobirov Ulug‘bek Esanovich - 49-G‘ovshun saylov okrugidan deputat, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki Buxoro viloyati bo‘limi G‘ijduvon filiali boshqaruvchisi

Ismoilov Voxid Esanovich- G‘ijduvon tumani hokimi v.b 
 

Norov Firdavs Yusupovich - Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri
 

Bozoro Azamat Azimovich - Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i v.b
 

To‘xtayev Akobir Hakimovich - Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i

 

Orqaga Chop Etish  1180 |   07-04-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 53
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

18-10-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation