Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Buxorolik sayohatchilar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi
Buxorolik sayohatchilar Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyati hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida viloyatning Emerald Travel turistik kompaniyasi tomonidan joriy yilning 14 fevral kuni 45 nafardan iborat G‘ijduvon tumani yoshlari va Shofirkon mahalla vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayohat qilishdi.

Ikki kunlik sayohat davomida Ellikqal’a tumanidagi Tuproqqal’a madaniy arxeologik majmuasi, Ayozqal’a va uning atrofidagi yurtalarga tashrif buyurdilar hamda diniy ulamolaridan biri bo‘lgan Sulton Uvays Bobo ziyoratgohlarini ziyorat qildilar.

Sayohatchilar safar davomida Beruniy tumanidagi Asadbek restoranida bayramona tarzda tuzilgan dasturxondan tushlik qilib, Nukus shahridagi Berdak nomidagi respublika musiqali dramma teatrida Qoraqalpog‘istonning mashhur “Tanxo yulduz” nomli sahna ko‘rinishini tomosha qilishdi.
Kechqi ovqat davomida Qoraqalpog‘istonning taniqli va ko‘zga ko‘ringan san’at ustalari tomonidan konsert dasturi uyushtirildi.

Sayohatning ikkinchi kunida dunyoga mashhur O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan Sovitskiy nomidagi davlat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi san’at va arxeologiya sohasining noyob namunalari bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif asnosida sayohatchilar Xorazm viloyatiga ham tashrif buyurib, Xivadagi Ichan qal’aga majmuasida bo‘lishdi.

Mazkur tadbir sayyohlarga Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarining tarixiy va madaniy meros yodgorliklarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatini yaratgani va eng muhimi halqimizning o‘z vaqtni maroqli o‘tkazishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Orqaga Chop Etish  1346 |   18-02-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation