Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Halqaro hamkorlik /  Buxoro davlat universiteti va Vakayama universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
Buxoro davlat universiteti va Vakayama universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
 
 

2018 yil 6 aprel kuni Buxoro davlat universiteti bilan Yaponiyaning Vakayama universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat universitetida xorijiy mamlakatlarning etakchi oliy ta’lim muassalari bilan hamkorlikni o‘rnatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Buni avvalambor ta’lim sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy malakasi va ilmiy tadqiqot salohiyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik va almashinuv dasturlari ijrosida ko‘rish mumkin.

Vakayama universiteti bilan muzokaralar so‘nggi 1 yil davomida olib borilgan bo‘lib, tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari borasida kelishib olishgan edi. Ushbu kelishuvlar kecha imzolangan memorandumda o‘z ifodasini topdi.

Vakayama universiteti delegatsiyasi universitet prezidenti Xirokazu Taki, ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Xayyuan Vu, Turizm tadqiqotlari markazi rahbari Kazue Nakomoto, professor Takuya Fujiilardan tarkib topdi.       BuxDU rektori prof. A.A. To‘laganov va Vakayama universiteti prezidenti X.Taki o‘z nutqlarida o‘zaro hamkorlik O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining bir namunasi ekanligini ta’kidladilar. SHuningdek, memorandumni imzolash marosimida Buxoro viloyat hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish departamenti boshlig‘i F.S.Xodjaev, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning O‘zbekistondagi ofisi rahbari Muneo Takasaka hamda O‘zbek-Yapon markazi so-direktori Xiroxiko Takatalar tabrik nutqlari bilan ishtirok etishdi.

Vakayama universiteti 1949 yilda uchta ta’lim muassasasining birlashtirilishi natijasida tashkil qilingan bo‘lib, Vakayama prefekturasidagi bosh oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda ayni paytda 5 ming nafardan ortiq talaba quyidagi 4 ta fakultetda oliy ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim oladi:

- Pedagogika fakulteti

- Turizm fakulteti

- Iqtisodiyot fakulteti

- Tizimlar muhandisligi fakulteti

Memorandum imzolanganidan so‘ng, mehmonlar BuxDUda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Amaliy hamkorlikning boshlang‘ich bosqichi sifatida Turizm fakultetining ingliz tilli guruhlarida ilmiy ma’ruzalar o‘qildi.

Vakayama shahri yaqinidan YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan "Kii tog‘ tizmasi muqaddas shaharlari va ziyorat marshrutlari" o‘tganligi sababli, ushbu hududda turizmni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Vakayama universiteti Turizm fakulteti mazkur yo‘nalishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, fakultet Butunjahon Turizm Tashkilotining (UNWTO) a’zo tashkilotlari qatoriga kiritilgan. Fakultetda o‘qitiladigan yo‘nalishlar nufuzli TedQual (Tourism Education Quality - Turizm ta’limi sifati) akkreditatsiyasiga ega.

Fakultet huzurida Turizm tadqiqotlari markazi faoliyat ko‘rsatib, unda turizmga tegishli yo‘nalishlarda bir qator ishchi guruhlar tashkil etilgan. 80 nafardan ortiq tadqiqotchi milliy va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.

Tashrifning ikkinchi kunida Turizm fakultetlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro talaba, professor-o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar olib borish borasida kelishib olishdi. Mehmonlarga Buxoro shahrida har yili o‘tkaziladigan "Ipak va ziravorlar", "Nasriddin Afandi", "Shahar kuni", "Sharq taomlari", "Qovun sayli" kabi festivallar borasida ma’lumot berilib, ushbu festivallarda ishtirok etishga taklif qilindi. "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida fakultet talabalarining faol ishtiroki mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Vakayama universiteti Turizm fakulteti o‘quv dasturlari va o‘quv materiallaridan BuxDU Turizm fakultetida foydalanish borasida kelishuvga erishildi. 2018-2019 o‘quv yilida yaponiyalik professorlardan biri BuxDUda qisqa muddatli kurslarni o‘qishi rejalashtirildi.

Buxoro shahrining tarixiy qismi bilan tanishgan mehmonlar o‘ziga xos me’moriy yodgorliklar, boy madaniy meros bilan tanishish ularda katta taassurot qoldirganini bildirib o‘tdilar.

Orqaga Chop Etish  437 |   12-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation