Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Odam savdosiga qarshi targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda.
Odam savdosiga qarshi targ‘ibot ishlari kuchaytirilmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyat Kengashi “Yosh adolatchilar” qanoti tashabbusi hamda Buxoro Davlat universiteti bilan hamkorlikda partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida “Odam savdosi, ekstremizm va terrorizm: inson huquq va erkinliklariga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat Kengashi xodimlari, ta’lim dargohi o‘qituvchi va talabalari hamda faol partiyadoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatini kirish so‘zi bilan Buxoro Davlat universiteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi o‘qituvchilari Sharofat Sobirova va G. Hakimovalar ochib berar ekan, ular dastlab yoshlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar hamda bu borada universitetda qilinayogan amaliy ishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Bobir Rajabov tadbir davomida so‘zga chiqib, mamlakatimizda 2008 yil 17 aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga mamlakatimizda aynan odam savdosi, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga juda katta e’tibor qaratilganligi, bunday jinoyatlarning oldini olish, uni bartaraf etish maqsadida huquqiy asoslarning yaratib kelinayotganligi to‘g‘risida ta’kidladi.

So‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi bosh mutaxassisi Abdurashid Qo‘chqorov aynan viloyat “Yosh adolatchilar” qanoti tashabbusi bilan odam savdosiga qarshi kurashish, terrorizmni oldini olish borasidagi amaliy ishlarning natijalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Partiyaning “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihalari doirasida mahalla yoshlari bilan olib borilayotgan muloqotlar jarayonida salbiy illatlarning oqibatlari va ularning oldini olish haqidagi targ‘ibotning kuchaytirilayotganligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq va batafsil javob olishdi, shuningdek, fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mohigul Abdullaeva,

O‘zbekiston “Adolat” SDP

    Buxoro viloyat Kengashi matbuot kotibi

Orqaga Chop Etish  616 |   10-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation