Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Hormang, paxtakorlar!
Hormang, paxtakorlar!

Viloyatimiz paxta dalalari bo‘ylab ana shu shior ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Viloyat madaniyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhining bu galgi manzili Kogon tumani bo‘ldi.

Dastlab yo‘limiz tumanning “Niyozhoji” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Kogon cho‘pon chorva” fermer xo‘jaligi dalalariga tutashdi. Bu yerda 26 gektar yerga chigit qadagan mirishkor fermerni 120 kishilik aholi vakillaridan iborat otryad terimchilari qurshovida ko‘rdik. Dalada hosil cho‘g‘i mo‘l, shunga yarasha terimchilarning ham, fermerning ham kayfiyati ko‘tarinki. Mavsum oxiriga qadar 81 tonna “oq oltin”ni yurt xirmoniga qo‘shishga chog‘langan xo‘jalik a’zolari allaqachon majburiyatning 80 foizini uddalab bo‘lishgan. Dalada esa birinchi terim davom etmoqda. Tayinki, xo‘jalik dastlabki hosilning o‘zi bilanoq ko‘zlangan maqsadga erishadi. Shunga qaramay, fermerning rejalari bisyor.

– Mehnatga yarasha moddiy manfaatdorlik bor joyda birovni biror ish-yumushga majburan jalb etishga hech bir ehtiyoj qolmas ekan. Ko‘rib turganingizdek, mahalla aholisidan tarkib topgan 120 kishilik terim otryadi bir oiladek jipslashib, og‘irimizni engil qilyapti. Terim pullarini, ularning istagiga ko‘ra, har ikki kunda tarozi boshida etkazib beryapmiz. Ular ham, biz ham xursand. Bunga nima etsin! – deydi biz bilan suhbatda fermer xo‘jaligi rahbari Komiljon Shirinov.

Shu kuni dala boshida damlangan osh, kuz ne’matlari bilan to‘kinlik kasb etgan dasturxon atrofida jam bo‘lgan ilg‘or terimchilarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari ham taqdim qilindi.   

Targ‘ibot guruhining navbatdagi manzili mazkur MFYning “Jahongir- 98” fermer xo‘jaligi dalalari bo‘ldi. Bu erda 76 nafar fidoyi yoshlardan iborat hasharchilarni tushlik dasturxoni boshida uchratdik.

– Tumandagi uyushmagan yoshlar vakillaridan iborat to‘rtta ana shunday ko‘ngilli guruhning ikkitasi “Niyozhoji”, bittasi “Siyozpoyon”, yana bittasi “Xo‘jayakshanba” mahalla fuqarolar yig‘inlari dalalarida mirishkor dehqonlarimizga ko‘mak berishmoqda, – dedi biz bilan muloqot chog‘ida Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Shavkat Mardonov. – Yaratib berilgan sharoitlardan mamnunmiz. Issiq ovqat, transport xizmati, terim pullarining o‘z vaqtida etkazib berilayotganligi, har besh kunlik yakunida ilg‘or terimchilarimizning rag‘batlantirib borilayotganligi ish unumiga omil bo‘lmoqda.   

Bu yerda ham bir piyola choy ustidagi suhbat asnosida ilg‘or terimchi yoshlarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar taqdim qilindi.  

Shundan so‘ng yo‘limiz “Siyozpoyon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi  “Akmal Jo‘raev” fermer xo‘jaligi dalasiga ulandi. Bu erda Buxoro xalqaro aeroportining 100 nafar ko‘ngilli hasharchisi fermer xo‘jaligi dalasida etishtirilgan “oq oltin” xirmonini yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shishayotgan ekan. “Hormanglar!” deya ular safiga qo‘shildik. Yurt xirmoniga ulush qo‘shaylik, deya egat oraladik. Bu erda ham hosil cho‘g‘i mo‘l, yuki durustgina. Shunga yarasha fermerning rejalari ham salmoqli. Belgilangan 140 tonnalik dovondan oshib, birinchilar qatorida yuzini yorug‘ qilish niyatida...

Shaharga qarab yo‘l olar ekanmiz, bizning ko‘nglimizdan ham shunday xolis niyat kechdi: “Yurt xirmoni yuksalaversin! Dehqonlarimizning yuzi yorug‘ bo‘lsin! Xalqimizga xos birdamlik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarga aslo ko‘z tegmasin!”

 

Shodmon SULAYMON 

Orqaga Chop Etish  913 |   06-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation