Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Investitsion faoliyat /  TIBBIYOT SOHASIDA TURK INVESTORLARI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI
TIBBIYOT SOHASIDA TURK INVESTORLARI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” 2018-yil        3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni va “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida bugun viloyatda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 16-17 fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashriflari chog’ida Peshko’ tumani Afshona qishlog’idagi Abu Ali ibn Sino merosiy majmuasini tashkil etish va mazkur joyda Respublika tibbiyot bilim yurtlari va oliygohlari bitiruvchi tаlabalari qasamyodini an’anaviy tarzda tashkil etish to’g’risidagi ko’rsatmalari asosida, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino nomini tarix zarvaraqlariga muhrlab, uni dunyoda keng targ’ib qilish hamda Afshona qishlog’iga turistik oqimni jalb etish maqsadida xalq tabobati markazi, ekopark, suv havzasi, choyxona, kitoblar rastasi, kutubxona va zamonaviy mehmonxonalarni o’zida mujassam etgan me’moriy kompleks qurilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Buxoro viloyati hokimi O’ktam Barnoyev Turkiyaning “Mest Medifema Assistance” kompaniyasi investorlari bilan uchrashdi. Turk delegatsiyasi Buxoro davlat Tibbiyot institutida viloyat hokimligining mutasaddi rahbarlari,  institut rektori hamda Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i bilan uchrashishdi. Tashrif doirasida delegatsiya kompleks qurilishi rejalashtirilgan hududni ko’zdan kechirib, Buxoro davlat tibbiyot instituti bakalavr va magistr bitiruvchi talabalarining Ibn Sino haykali poyiga gulchambar qo’yib, qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etishdi.

  Kunning ikkinchi qismida esa Viloyat hokimligi binosida yig’ilib, Viloyat hokimi va kompaniya direktori o’rtasida memorandum imzolandi.

Orqaga Chop Etish  264 |   18-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation