Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tashabbuskor yoshlar xayrli ishga qo`l urishdi.
Tashabbuskor yoshlar xayrli ishga qo`l urishdi.

Xalqimiz azal-azaldan mehr-oqibatni, sahovatni o'z joyiga qo`yadi. Buxoro Davlat universiteti talabalari, "Unicef" xalqaro bolalar jamg'armasining "Mahalliy masalalarni hal etishda yoshlar ishtiroki" loyihasi koordinatori Muxammadjon Kamildjanovlarning tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 32-sonli Mehribonlik uyida "Kelajakda men" hamda "Biz birgamiz" loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan turli qo'shiqlar, she'rlar va noan'anaviy chiqishlar ularni iqtidorini kashf etishga zamin yaratdi. Turli xil tashkil etilgan interfaol o'yinlar ularni yanada faollikka chorladi.

-Bu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad rivojlanishida nuqsoni bor, imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar holidan xabar olish, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berish, bolalar orasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, taklif-istaklarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir,- Muxammadjon Kamildjanov. To'g'risi, bolalarning bizlarni ko'rib xursand bo'lishgani meni juda quvontirdi. Ularning iste'dodiga, intiluvchanligiga havas qilsa arziydi. Dunyodagi barcha bolalarning ko'zlarida quvonch bo'lishini xohlardik.



Tadbir so'nggida tashabbuskor yoshlar tomonidan tayyorlangan 8 turdagi o'quv qurollari jamlanmasi barcha 96 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga tarqatildi. Bunday xayrli ishlarni boshlagan yoshlarga mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etganligi va doimiy hamkorligi uchun mehribonlik uyi rahbariyati, tarbiyachi va mas'ul xodimlari "Unicef" bolalar jamg'armasining diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Zilola Po`lotova

BuxDU talabasi

Orqaga Chop Etish  714 |   13-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation