Bosh sahifa /  Sessiyalar /  Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Yuklab olish  277KB

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi

 


QAROR QILADI:


1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 2016 yil 26 fevral kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin. 
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining sessiyasi muhokamasiga ish rejasi asosida quyidagi masalalarni kiritish nazarda tutilsin:-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;-xususiy klinikalar va farmatsevtika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatishning holati to‘g‘risida.
3. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Ishchi guruhiga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2016 yil 20 fevralgacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4.Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.

Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                                     M.Esanov

 

 

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 29 yanvardagi
65/11-V-sonli qaroriga ilova

 

I. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi
 

TARKIBI


Baxronov Tohir Saidovich - Xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari va aholiga xizmat bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari

Jumayev Zafar Ikromiddinovich - -31-Qaroli saylov okrugidan deputat, "O‘zdavneftgazinspeksiya" Buxoro viloyati bo‘limi boshlig‘i

Kamolova Istat Shukurovna - -45-Chorsu saylov okrugidan deputat, G‘ijduvon tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari

Ro‘ziyev Asror Arashovich - -29-Xumdonak saylov okrugidan deputat, "Amu-Buxoro" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

Xoliqov Zokir Xodiyevich - -40-Jo‘ynav saylov okrugidan deputat, “G‘arbiy-O‘zbekiston gidrogeologiya ekspeditsiyasi” davlat korxonasi bosh geologi

Yuldasheva Nasiba Boboqulovna - -53-Qozon saylov okrugidan deputat, Qorako‘l tumani “Mo‘ynachi hunarmand” fermer xo‘jaligi huzuridagi tikuv sexi bosh dizayneri

Qudratov Alisher Shuxratovich- O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i





II. Xususiy klinikalar va farmatsevtika vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatishning holati to‘g‘risida masalani tayyorlash bo‘yitcha ishchi guruhi 
 

TARKIBI


Aminov Farmon Mavlyanovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari

Ergashev Baxriddin Abdurasulovich- 46-Bobur saylov okrugidan deputat, O‘zLiDePsi G‘ijduvon tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari 

Muxamedxanov Ulugbek Turgudovich
- 3-Yoshlik saylov okrugidan deputat, Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori
 

Norov Bozor Choriyevich - 25-Qalaychorbog‘ saylov okrugidan deputat, Romitan tumani “Imidj-Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori 

Jumayeva Sanam Baqoyevna - 35-Yangibozor saylov okrugidan deputat, Peshku tumani “Istiqbol” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi 

Baqoyev Olim Atoyevich - 20-Vobkent saylov okrugidan deputat, Vobkent iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori

Nabiyev Sharif Salomovich- Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Rajabov Alisher Raximovich - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi nazorat inspeksiyasi Buxoro viloyat bo‘limi boshlig‘i

Orqaga Chop Etish  1247 |   21-09-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 55
  • Ko`rib chiqilmagan: 16
  • Ko`rib chiqilmoqda: 5
  • Ko`rib chiqilgan: 34

17-12-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation