Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  O`zaro hamkorlik /  Olot chegara-bojxona posti ochildi
Olot chegara-bojxona posti ochildi
 
 

2018 yilda Mamlakatimiz rahbarining tashabbuslari bilan keyingi yillarda, tashqi siyosatimizda chet el mamlakatlari, birinchi galda qo‘shni davlatlar bilan ochiq, konstruktiv va o‘zaro manfaatga asoslangan munosabatlar o‘rnatilmoqda.

Ayniqsa, qo‘shni Turkmaniston Respublikasi bilan do‘stlik aloqalarimiz uzoq o‘tmishga borib taqaladi.  Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek “O‘zbekiston va Turkmaniston – strategik sheriklardir. Bizning xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, umumiy tarix, din va til, madaniyat, urf-odat va an’analar mushtarakligi mustahkam bog‘lab keladi”.  

Mana shunday do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik  aloqalarining davomi sifatida Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan Olot chegara-bojxona posti rekonstruksiya qilinib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi.

18 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga bajarilgan keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlaridan so‘ng, endilikda mazkur chegara punkti orqali sutka davomida o‘rtacha 700-900 nafar fuqarolarning davlat chegaralari orqali qatnovi hech bir muammosiz amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, bir kunda 250 tadan 400 tagacha yuk va engil transport vositalari davlat chegarasidan o‘tkazilyapti.

Ushbu chegara-bojxona postining ochilishida viloyat tashkilotlari rahbarlari, bojxona xizmati xodimlari va chegarachilar, Olot va Qorako‘l tuman faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Orqaga Chop Etish  469 |   12-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 69
  • Ko`rib chiqilmagan: 30
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-01-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation