Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Halqaro hamkorlik /  “AGRO BUSINESS BUKHARA” FORUMI YAKUNLARI! (12.09.2018)
“AGRO BUSINESS BUKHARA” FORUMI YAKUNLARI! (12.09.2018)

Buxoro viloyatida davlatimiz rahbarining 2018 yil 10 iyuldagi Qaroriga muvofiq yaratilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida biznes yuritishning afzalliklari, shuningdek, Buxoro viloyatining  investitsion salohiyati to‘g‘risida tushuncha berish imkonini o‘zida aks ettirgan maydon - “Agro biznes Bukhara” xalqaro biznes forumi bugun o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda dunyoning 18 davlatidan 120 dan ortiq xalqaro kompaniyalardan tashrif buyurgan 150 dan ortiq vakillar, shuningdek, Respublikamizning barcha viloyatlaridan  200 dan ortiq xo‘jalik sub’yektlari ishtirok etdi.

Forumning ikkinchi kuni xorijiy investorlar tumanlarga chiqib, taklif etilayotgan loyihalarning o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Shundan so‘ng mahalliy tadbirkorlar hamda tuman hokimliklari bilan xorijiy sarmoyadorlar o‘rtasida o‘sha joyning o‘zida ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.

Bundan tashqari Buxoro viloyat hokimligida viloyat hokimi O‘.Barnoev ham bir qancha xorijiy investorlar bilan uchrashdi. Jumladan, forumning ikkinchi kunida Isroilning “AgriGo Ltd.” kompaniyasi rahbari Anatoli Michel hamda hindistonlik yirik investor “Sun Overseas” kompaniyasi direktori Joya Saksana bilan o‘tkazilgan muzokaralar har tomonlama samarali bo‘ldi.

2 kun davom etgan xalqaro biznes forumi davomida jami 400 million dollarga yaqin 20 loyiha imzolandi. Shundan 220 millioni aynan “Buxoro-agro” EIZ hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Forum davomida xorijiy sarmoyadorlarga tumanlar tomonidan jami    1 milliard dollarga yaqin 180 ta loyiha taklif etildi.

Orqaga Chop Etish  129 |   13-09-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation