Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning Xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tabrik so’zi

Assalomu alaykum, munis va mukarrama onajonlar!
Muhtarama opa-singillar, dilbar qizlar!
Ona tabiat butun borliqqa o‘zining yashil sepini yoygan, barchamiz hamisha sog‘inib, orziqib kutadigan fasli bahorning dastlabki kunlarida, dillar shodlik va quvonchga limmo-lim to‘lib borayotgan shu fusunkor ayyomda Siz, azizlarni va siz orqali viloyatimizdagi barcha xotin-qizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin dildan muborakbod etishga ruxsat bergaysizlar!
Bahor bayramlarini boshlab beradigan bu qutlug‘ kun mehr-muhabbat va chiroyga, joziba va nafosatga to‘liqligi bilan ahamiyatlidir. Bu bayram har gal yurtimizda shodu xurram va shukronalik bilan nishonlanadi. Chindan ham bahor va ayol deganda biz eng avvalo ana shunday bokira tuyg‘ularni his etamiz.
Negaki, bahor timsolida tabiat tarovati, uning bor sehri va jozibasi qanchalik namoyon bo‘lsa, ayol timsolida eng yuksak insoniy fazilatlar, botiniy go‘zalliklar shu qadar yorqin aks etadi.
Xonadonimiz farishtasi, oila tayanchi bo‘lmish ayol siymosi xalqimiz tasavvurida azal-azaldan ezgulik, poklik, samimiylik va go‘zallik namunasi sifatida qadr topib kelgan. Buning isbotini milliy tariximiz sahifalarida, xalqimiz turmush tarzi, an’analarida, ayol chiroyi, aqlu zakovati madhi tarannum etilgan go‘zal she’rlarda kuzatish mumkin.
Inson yuksak qadriyat sifatida e’tirof etilgan mustaqillik yillarida mamlakatimizda ayollarga e’tibor, ularning salomatligini yanada mustahkamlash, haq-huquqlarini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila maqomini yuksak darajaga ko‘tarish borasida ko‘p ishlar qilindi. Xotin-qizlar mehnati va turmush sharoitini yaxshilash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, tadbirkor ayollarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan qulayliklar o‘z samarasini bermoqda. 
Bugun jamiyat hayotining ko‘pgina jabhalarida xotin-qizlarning tutgan o‘rni o‘sib bormoqda. 
El-yurt ishonchini qozonib, xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari deputatligiga saylangan ayollarimizning o‘z hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini hal etishdagi faol ishtiroki, turli sohalarda mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida muvaffaqiyatli ish yuritayotganligi, oliy o‘quv yurtlarida samarali ilmiy faoliyat olib borishayotganligi ham ayol iqtidori, matonati, aqlu zakovati e’tirofi belgisidir.
Mamlakatimizda iste’dodli qizlarni kashf etish va ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilayapti. Men bu o‘rinda muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan har yili o‘tkazilib kelinayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun ko‘rik-tanlovini ham nazarda tutayapman. Kuni kecha ana shu ko‘rik-tanlovning 2016 yilgi g‘oliblari e’lon qilindi. Ular orasida viloyatimiz vakili Buxoro muhandislik texnologiya instituti huzuridagi 1-son akademik litseyi o‘quvchisi Gulnoza Aliyevaning ham borligini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Bundan tashqari, ortda qolgan yilimizda qator qizlarimizning sport, ilm-fan, san’at va milliy hunarmandchilik sohalarida ham yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritayotganligi ko‘ngillarimizda ajib xursandchilik bag‘ishlaydi. 
Muhtarama onaxonlar, bayram ishtirokchilari!
Joriy 2016 yilning Prezidentimiz tomonlaridan “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinganligi munis onalarimizga nisbatan cheksiz hurmat va ehtiromning o‘ziga xos ifodasidir. Shu munosabat bilan Yurtboshimiz qarori asosida tasdiqlangan maxsus Davlat dasturidagi o‘n bir bandning ikkitasi aynan ayollarimizga alohida e’tibor qaratish, chunonchi ular muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g‘amxo‘rlik qilishni yanada kuchaytirish, moddiy yordam ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan farzandlarini tarbiyalashga ko‘maklashish, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish hamda “Sog‘lom ona-sog‘lom farzand” prinsipiga muvofiq oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.
Shu bilan birga, jamiyatda ayollar mavqeini kuchaytirish, salomatliklarini mustahkamlash, turmush sharoitlarini yaxshilash, har tomonlama barkamol bo‘lishlariga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Zero ayoli sog‘lom, oqila va donishmand bo‘lgan yurtning ertasi porloq bo‘ladi. Negaki, har qanday buyuk kelajakni barpo etadigan farzandlarimiz avvalo ona bag‘rida kamol topadi, undan tarbiya, ilk ta’limni oladi. 
Qadrli opa-singillar!
Biz bilan yelkama-yelka turib, viloyatimiz iqtisodi, ijtimoiy hayoti va boshqa sohalarda teng mehnat qilish barobarida farzand tarbiyasidek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan har bir buxorolik ayol mehnati o‘ziga xos jasorat hisoblanadi. Bugun biz ushbu davrada ana shunday buyuk ayollarimizning eng faollarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlamoqchimiz.
(Ro‘yxat o‘qilib, sovg‘alar topshiriladi)

Muhtaram onaxonlar, aziz opa-singillar!
Hayotimiz guli, oilamiz tayanchi bo‘lgan siz azizlarni, latofat va nafosat, muhabbat va sadoqatning oliy namunasi sanalgan qadrli ayollarimizni 8 mart bayrami bilan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilalaringizga tinchlik, doimo farzandlar rohatini ko‘rib yurishingizni tilayman. El-yurtimiz, yaqinlaringiz baxtiga hamisha omon bo‘ling. Zero muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, onalarning, ayollarning baxti oilaning, xalqimizning, butun O‘zbekistonimizning baxtidir.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin. Hamisha azizligingiz, yagonaligingiz, muqaddasligingiz bardavom bo‘laversin! 

Orqaga Chop Etish  990 |   08-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

18-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 9 ta

navigation