Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  “Buxoro shahri kuni” hamda “Buxoro hunarmandlari” festivallari kun dasturi.
“Buxoro shahri kuni” hamda “Buxoro hunarmandlari” festivallari kun dasturi.

Joriy yilning 20 oktyabr sanasida Buxoroda an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Buxoro shahri kuni” hamda “Buxoro hunarmandlari” festivallari bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirlari 20 oktyabr kuni tongda “Men Buxoroni sevaman” shiori ostidagi yugurish marafoni bilan boshlanadi. Kun davomida Buxoro shahrining turli manzillarida festival namoyishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Viloyat yoshlarnining faolligi hamda ularning ijodiy intilishlarini munosib taqdirlash maqsadida, festival doirasida “Buxoro - sharq gavhari” shiori ostidagi foto va videoroliklar ko‘rik-tanlovi; “Ochiq osmon ostidagi rasmlar” ko‘rgazmasi; “Eng yaxshi mehmonxona”, “Eng yaxshi turistik tashkilot”; “Eng mahoratli hunarmand” kabi turli yo‘nalishlardagi eng yaxshilarni aniqlab beruvchi tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida “Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro shahrida milliy hunarmandchilikning tarixiy ahamiyati va bugungi kunda viloyatda turizm salohiyatini rivojlantirishdagi roli” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Festivalda Buxoroning ko‘hna manzillari hisoblanmish: “Poyi Kalon”, “Toqi Zargaron”, “Nodir Devonbegi”, “Abdulazizxon” hamda “Ko‘kaldosh” madaniy ob’yektlari bo‘ylab, hunarmandchilik, zardo‘zlik va ipakchilik kabi qadimiy me’rosimiz namunalaridan mahorat darslari bo‘lib o‘tadi. Kun yakunida festival yopilish marosimiga bag‘ishlangan gala-konsert dasturi o‘tkaziladi.    

Orqaga Chop Etish  593 |   18-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 8 ta

navigation