Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Matbuot xabarlari /  Yurt tinchligi yo‘lida qilingan jasorat aslo unutilmaydi!
Yurt tinchligi yo‘lida qilingan jasorat aslo unutilmaydi!
 
 

Mard  o‘g‘lon, mustaqillik himoyachisi, yurt uchun jonini fido qilgan qahramon Egamov Nazirjon Murodullaevich byusti Shofirkon tumanidagi o‘zi tahsil olgan 38-umumta’lim maktabida o‘rnatildi.

Viloyat hokimi O‘.Barnoev, viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimligi vakillari, marhumning oilasi va yaqinlari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar “Jasorat” medali sohibi  marhum Egamov Nazirjon Murodullaevich kabi Vatan deya, jonini fido qilgan asl xalq yigitlarining matonati va jasorati evaziga bugun ana shunday tinch, osuda, dorilomon kunlarga erishib turganimizni alohida ta’kidlab, ularning nomi, yorqin xotirasi ko‘ngillarda abadiy qolishiga ishonch bildirdilar.

Buxoro shahridagi 33-sonli umumta’lim maktabiga DXX xodimi, “Jasorat” medali sohibi, marhum Akbarjon Aminovich  Fayziyevning va Jondon tumanida DXX xodimi, marhum Behbudov Erkin Niyozovichning tahsil olgan 25-sonli umumta’lim maktabida byustlari o‘rnatildi.

Mazkur tadbirlar yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan o‘g‘lonlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ular ko‘rsatgan matonat va jasorat na’munalarini yoshlar orasida targ‘ib etish xamda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat, sadoqat, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Orqaga Chop Etish  257 |   18-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

14-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation