Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Investitsion faoliyat /  «Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» loyihasi to'g'risida ma'lumot
«Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» loyihasi to'g'risida ma'lumot

«Qandim-Xauzak-Shodi-Qo‘ng‘irot» loyihasi bo‘yicha bitim 2004 yil iyunida imzolandi. “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MChJ operatsion kompaniyasi (“LUKOIL Oversiz” sho‘yaba korxonasi) 2004 yil iyul oyida tashkil etilgan. Bugungi kunda unda 1500 ga yaqin kishi ishlaydi, ularning 85% ni O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Amal qilish muddati 35 yil bo‘lgan (2039 yilgacha) MBTB 2004 yil noyabrda kuchga kirdi va o‘sha paytning o‘zidayoq dala ishlari boshlandi.
Loyihaning dastlabki birinchi uchastkasi bo‘lgan Buxoro viloyatining Xauzak-Shodi gaz konida burg‘ulash ishlari 2006 yilda boshlandi, kon 2007 yil noyabrda foydalanishga topshirildi. Roppa-rosa bir yildan so‘ng bu yerda gaz qazib chiqarishning loyihadagi darajasiga erishildi. 2011 yil oxirida G‘arbiy Shodi uchastkasida gaz qazib chiqarish ishlari boshlandi. 2013 yilda gaz qazib chiqarish hajmi 3,74 mlrd. kubometrni (LUKOILning ulushi - 3,18 mlrd. kubometr) va gaz kondensatini qazib chiqarish hajmi 13,2 ming tonnani (LUKOILning ulushi - 11,2 ming tonna) tashkil etdi.
Shartnoma uchastkasidagi razvedka ishlarini oxirigacha yetkazish sanoat zaxiralari o‘sishining sezilarli salohiyatini, gaz qazib chiqarish hajmini oshirish va loyihaning texnik-iqtisodiy samaradorligini yaxshilash imkoniyatini tasdiqladi. 2009 yilda uchastkadagi uglevodorod xomashyosi zaxiralari sanoat bo‘yicha qayta hisoblandi. Natijada, ilk bor zaxiralar V toifasiga o‘tkazildi.
Bundan tashqari, razvedka ishlarini oxirigacha yetkazish va qayta hisoblash yakunlari bo‘yicha C2 toifasiga kiruvchi zaxiralar C1 toifasiga o‘tkazildi, shu munosabat bilan gaz zaxiralarining 26 mlrd. kubometr miqdorida o‘sishi yuz berdi va Xauzak-Shodi konining aniqlik kiritilgan hajmli raqamli geologik modeli tuzildi. Razvedka ishlarini oxirigacha yetkazish ishlari, xususan, 2015 yilda qazib olish ishlarini sezilarli darajada oshirish bilan foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilayotgan Shodi uchastkasining shimoliy qismida davom etmoqda.
Loyihani amalga oshirishning keyingi muhim bosqichi - 6 ta gaz-kondensat konidan tarkib topgan Qandim guruhini o‘zlashtirishdir. Qandim gazni qayta ishlash majmui qurilishining TIA va ishchi hujjatlari Koreyaning “Xyundai Engineering” kompaniyasi tomonidan ishlanmoqda. Asbob-uskuna sotib olish, gazni qayta ishlash zavodini qurish va Qandim guruhi konlarini jihozlash uchun e’lon qilingan tanlov yakunlandi. Tanlov natijalari O‘zbekiston davlat organlarida muvofiqlashtirilmoqda. Gazni qayta ishlash bo‘yicha ushbu noyob zavodning loyihaviy quvvati yiliga 8,1 mlrd. kubometr gazni tashkil etadi. Qandimga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmi 3 mlrd. dollardan oshadi.
Loyihaning birinchi fazasi Quvachi-Olot konidan va Xauzak-Shodi konining Shimoliy Shodi uchastkasidan, gazni Muborak GO‘IZga yetkazib berish bilan birga, yiliga 2,1 mlrd. kubometr gaz qazib olish va tayyorlashga mo‘ljallangan. Ushbu bosqich inshootlarining tarkibiga 21 ta foydalanuvdagi quduq, 2 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi, kichik elektr stansiyasi, 180 km kon gaz quvurlari, 150 km elektr uzatish liniyalari, 194 km avtomobil yo‘llari, 13 ta o‘tiladigan ko‘prik kiradi. 2015 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirish ishlari boshlanishi kerak bo‘lgan ikkinchi faza Quvachi-Shimoliy Shodi uchastkalarida siquvni yakunlovchi kompressorli stansiyalar qurilishini hamda 13 ta yangi foydalanish quduqlarini burg‘ulash va jihozlash ishlarini o‘z ichiga olgan.
Keyin undan ham yirikroq ishlab chiqarish majmui barpo etiladi, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 8 ta shoxsimon maydoncha, 98 ta qazib chiqaruvchi quduq, gaz yig‘uvchi va gaz-kompressorli stansiyalar, kondensat va granulali oltingugurtni yuklash terminallari, Qandim gazni qayta ishlash zavodining 3 ta texnologik navbati, konlararo uzatuvchi quvurlar va eksport gazini uzatish quvuri, transport infratuzilmasi, suv va elektr ta’minoti ob’ektlari. Keyinchalik qazib chiqarish darajasini ushlab turish uchun Oqqum, Parsonko‘l, Xo‘ja va G‘arbiy Xo‘ja satellit-konlaridan olingan mahsulot Qandim majmuiga yuboriladi. Ushbu mega-loyihani amalga oshirish 3 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. 

Orqaga Chop Etish  262 |   14-12-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

25-05-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation