Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  E`lonlar /  Raqamli televideniye imkoniyatlari
Raqamli televideniye imkoniyatlari


Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi dunyoda axborot erkinligini ta’minlash, fuqarolarning fikrini, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabat va pozitsiyasini erkin ifoda etishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida o‘rni bor.
Hozirgi davrda, O‘zbekiston Respublikasi, dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlari qatorida, yer ustki analog televideniyesidan yer ustki raqamli televideniyesi o‘tishni davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud teleeshittirishlarni zamonaviy raqamli tizimga almashtirish orqali raqamli televizion eshittirish tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan: 2008 yilning sentyabrida Toshkent va Buxoro shaharlarida raqamli televideniye uskunalarini sinovdan o‘tkazish ishlari tashkillashtirildi. 2009 yil oktyabr oyidan boshlab, Toshkent va Buxoro shaharlarida aholiga raqamli televideniya xizmatlarini ko‘rsatish boshlandi. 2010 yil iyun oyida Toshkent shahrida DVB-T standartidagi raqamli televideniye orqali translyatsiya qilinadigan teledasturlarning soni 25 tagacha yetkazildi. 2010 yil dekabr oyida esa bu ko‘rsatgich 36 ta teledasturga ko‘paydi. 2010 yilning sentyabridan boshlab Samarqand shahrida ham raqamli televideniya uskunalarini sinovdan o‘tkazish ishlari tashkillashtirildi. 2011 yil Nukus RTSga, Urgench RTSda, Andijon va Odamtosh RTSlariga raqamli teleuzatgichlarni o‘rnatildi. 
Radiochastota spektoridan foydalanishni samarasini oshirish va raqamli formatdagi teleeshittirishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga o‘tishning texnik va texnologik Davlat dasturi haqida”gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga o‘tishning texnik va texnologik Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, bu dastur: raqamli teleeshittirish borasidagi huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirishni, 2017 yil oxirigacha aholiga raqamli teleko‘rsatuv xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadigan raqamli teleeshittirishga respublikada ikki bosqich bilan o‘tishni (2012-2015 yillar– 1-bosqich, 2016-2017 yillar– 2-bosqich), analog teleeshittirishlarni bosqichma-bosqich raqamli eshittirishga o‘tkazish orqali yer ustki raqamli televizion eshittirishlarni modernizatsiya qilish va kelgusida yanada rivojlantirishni, yangi xizmat turlarini, shuningdek interfaol va mobil teleuzatishni tadbiq etishni, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholini raqamli teleeshittirish signallarini qabul qiluvchi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashni, yer ustki raqamli teleeshittirishlar tizimini respublikaning barcha hududlarida tadbiq etish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
2012 yil Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham raqamli televizion uzatgichlar o‘rnatildi va O‘zbekiston Respublikasi aholisining 42 % sifatli raqamli televideniye bilan ta’minlandi.
2013 yilda Toshkent viloyatidagi Angren RTS va Bekobod RTSlarida, Farg‘ona viloyatida Sox RTSda, Xorazm viloyatida Pitnak RTSda va Jizzax viloyatida Qo‘ytosh RTSlarida raqamli teleuzatgichlar o‘rnatilib, O‘zbekiston Respublikasida aholini raqamli teleeshittirish bilan ta’minlanishini qamrov doirasi 45 % ga yetkazildi. 
2014 yilda Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatidagi RTSlarda raqamli televizion uzatgichlar o‘rnatilib, O‘zbekiston Respublikasi aholisining 50 % raqamli televideniye bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 54 foizi raqamli televideniye bilan qamrab olingan. 
Dastur doirasida mamlakatimizda teleuzatishlarni raqamli formatga o‘tkazishni ikki bosqichda amalga oshirish belgilangan. Birinchi bosqich 2015 yilda yakunlanadi, ikkinchisi — 2016–2017 yillarda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, 84 ta yuqori kuchlanishdagi uzatgichlar o‘rnatilishi va uning natijasida mamlakatimiz yirik aholi maskanlarining 90 foizini raqamli televideniye bilan qamrab olinishi nazarda tutilgan.

 

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha
davlat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy
bo‘linmasi inspektori F.Boltayeva

Orqaga Chop Etish  709 |   28-05-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

26-06-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation