Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, bo‘sh turgan ob’yektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida davlatimiz rahbarining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

Mazkur hududiy guruhlar tomonidan  viloyatda so‘nggi bir oy ichida joylarga chiqqan holda 700 dan ortiq tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi hamda hududiy ishchi guruh shtabiga 300 dan ortiq tadbirkor murojaat qildi.

Bu jarayonlarda tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etishga to‘siq bo‘layotgan 181 ta muammo aniqlandi.

Mazkur masalalar  yuzasidan bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi va viloyat tadbirkorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish holatlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida har bitta tadbirkorning muammolari komissiya a’zolari tomonidan tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.

Viloyat yosh tadbirkorlarning yangi g‘oya va biznes loyihalari kommissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Orqaga Chop Etish  755 |   05-10-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 89
  • Ko`rib chiqilmagan: 50
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

24-08-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation