Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  2018 yil 9-may Xotira va Qadrlash kuniga tabrik so'zlar
2018 yil 9-may Xotira va Qadrlash kuniga tabrik so'zlar

Assalomu alaykum aziz faxriylar, hurmatli tadbir qatnashchilari!

Bugun yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni - betimsol qadriyat tantanasi va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. 
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, insonni ulug‘lash, uning manfaatlarini ifodalashning yorqin namunasi bo‘lmoqda. 
Davlatimiz rahbari ilgari surayotgan va jadal sur’atlar bilan amalga oshirayotgan islohotlar xalqimiz qalbining tubidagi orzularini ruyobga chiqarish yo‘lida mutlaqo yangicha yondashuv bo‘lib, hayotimizdagi tub o‘zgarishlarning asosi bo‘layotganligini nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun xalqaro jamoatchilik birdek e’tirof etmoqda.
Bugun har bir oilaning muammosiga quloq tutish, xalq bilan muloqot qilish asnosida jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimi topilyapti. Ichki va tashqi siyosatimizda inson manfaati, uning farovon turmushi eng ustuvor vazifa sifatida ko‘tarilmoqda. Qabul qilinayotgan Qonunlar, Farmon va qarorlar yurtdoshlarimiz turmush darajasini oshirishga xizmat qilayotganligini barchamiz birdek his qilib turibmiz.
Bunday yangilanishlar kun sayin turli sohalarni qamrab olib, qisqa davr ichida o‘zining samarasini ko‘rsatyapti. Nuroniylarimiz manfaatlarining ifodalanishi, yoshlarning qiziqish va intilishlari qo‘llab-quvvatlanishi, xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi manzilli dasturlar asosida ruyobga chiqarilishi fikrimizni yaqqol isbotlaydi. Bugun milliy Armiyamiz tinchlik va osoyishtaligimizning haqiqiy tanyachiga aylanmoqda. Sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlar, tom ma’noda jamiyatda adolatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Shaharlarimiz go‘zal qiyofaga qirib, yillar dovonida turg‘un qolib ketgan qishloqlarimiz zamonaviy va obod manzillarga aylanmoqda.
 

Aziz faxriylarimiz!

Amalga oshirayotgan har bir ishimizni “barchamizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, hayot yo‘llarida bizga tayanch va suyanch bo‘lgan sizdek tabarruk insonlar”ning pandu-nasihati, maslahat va duolari bilan ruyobga chiqarishni Davlatimiz rahbari - shaxsan o‘zlari ibrat bo‘lib, o‘rgatmoqdalar. 
Prezidentimiz tomonlaridan urush va mehnat faxriylariga, keksa avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor bugun xalqimiz tilidan tushmayapti. Jumladan, joriy yilda Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan har bir urush qatnashchisiga besh million so‘mdan pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarning topshirilishi, o‘zlari xizmat qilgan joylarga sayohat qilish, sanatoriylarda dam olish va sog‘liklarini tiklashlari uchun yuborilishi, faxriylarimizning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi, shuningdek, mustaqillik yillarida yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan jasur o‘g‘lonlarimiz sha’niga yodgorlik byustlari o‘rnatilishi davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehri va g‘amxo‘rligi namunasidir. 
Zero, ana shunday, Vatan deya, jonini qurbon qilgan, asl xalq farzandlarining matonati va jasorati evaziga bugun tinch, osuda, dorilomon kunlarga erishib turibmiz. 
Darhaqiqat, bugungi kunlar xalqimiz uchun osonlik bilan kelgani yo‘q. Insoniyat boshiga ulkan ofat yog‘dirgan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi ayovsiz janglarda 74 mingdan ziyod buxoroliklar ham ishtirok etib, ularning 35 mingdan ko‘prog‘i qahramonlarcha halok bo‘ldi, qabrlari o‘zga yurtlarda qolib ketdi. Ularning nomi, yorqin xotirasi esa qalblarimizda abadiy yashaydi.
Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashriflari davomida bergan tavsiyalari asosida shahrimiz markazida yangidan bunyod etilgan va bugun ochilayotgan Xotira majmuasi ham jonajon Vatanimizning chinakam o‘g‘lonlari xotirasiga e’zoz va ehtirom ramzidir. 
Motamsaro ona haykali – urush va vayronagarchilikni qoralab, yurtga tinchlik-omonlik tilayotgan millionlab onalarimiz timsolidir. Xotira lavhalarida ismlari bitilganlar - biz uchun hamisha tirik va barhayot siymolar bo‘lib qoladi. 
Ushbu majmua farzandlarimiz, o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabi vazifasini o‘tashiga, ular qalbida mardlik va shijoat tuyg‘ularini tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz. 
Qadrli do‘stlar!
Bugun, ushbu “Xotira xiyoboni hamda “Motamsaro ona” monumentining tantanali ochilishi marosimida ishtirok etar ekanmiz, o‘tganlar ruhini yodga olamiz. Shu bilan birga, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jon olib, jon bergan qahramonlarimizga, bugun bizning safimizga ko‘rk bo‘lib turgan faxriylarimizga cheksiz ehtiromimizni izhor qilamiz.
Siz azizlarni, Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etib, sog‘lik-salomatlik tilayman. Hamisha sog‘ va omon bo‘ling, aziz faxriylar. Bayramingiz muborak bo‘lsin! 
E’tiboringiz uchun rahmat!

Orqaga Chop Etish  294 |   12-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 5 ta

navigation