Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Yangiliklar /  Suv-beboho ne’mat
Suv-beboho ne’mat

Mamlakatimiz rahbari raisligida joriy yilning 29 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida boshqa muhim masalalar qatori qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish, suv tanqisligining oqibatlarini yumshatish, g‘ozadan kafalotli xosil yaratish bilan bog‘liq dolzarb masalalar ham muhokama etildi.

Shu masalalar yuzasidan joriy yilning 4 iyun kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan tadbirda viloyatdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, davlat boshqaruvi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligi sohalari tashkilot va korxonalari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov, Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i O.Qodirov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R.Norov, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari viloyat Kengashi raisi A.Nozimovning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda suvchilarga qulayliklar yaratib berish, sug‘orish madaniyati, ob – hayot taqchilligini yumshatishga oid agrotexnik yumushlarni bajarish, gidrotexnik inshootlarni tozalash, deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, pirovardida zarbdor oylikni na’munali o‘tkazish yuzasidan fikrlashib olindi.

Yakunda bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorini qabul qilindi.

Orqaga Chop Etish  1056 |   04-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 91
  • Ko`rib chiqilmagan: 52
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

21-11-2019
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 1 ta

navigation