Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning yurtimizning milliy bayrami "Navro'z"ga bag’ishlangan tabrik so’zi
Viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M. Esanovning yurtimizning milliy bayrami "Navro'z"ga bag’ishlangan tabrik so’zi

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! 
Aziz do‘stlar, muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda tabiat uyg‘onib, bahor kelishi bilan yurtimizga hammamiz orziqib kutadigan, yangilanish va yasharish, shodu xurramlik ramzi bo‘lgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. 
Ana shunday eng ko‘hna, olijanob bayram bilan siz, azizlarni, butun viloyat ahlini chin qalbimdan tabriklab, barchangizga yuksak hurmat-ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman. 
Qadrli do‘stlar! 
Barchamizga ma’lum, dunyoda bir-biridan buyuk, bir-biridan ajoyib bayramlar ko‘p. Lekin ular orasida Navro‘z ayyomi o‘zining qadimiyligi, tabiatimizga uyg‘unligi va go‘zalligi bilan, ma’no-mazmunining teranligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. 
Va ayni shuning uchun ham uyg‘onish va yasharish timsoli bo‘lmish bu buyuk ayyomni Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Har bir xonadon, har bir oila bag‘rini keng ochib, “Xush kelibsan o‘lkamizga Navro‘z, qadaming qutlug‘ bo‘lsin!” deb, eng katta orzu-niyatlar bilan kutib oladilar”. 
Haqiqatan ham, bir necha ming yillar avval – “Avesto” davrida paydo bo‘lgan Navro‘zi olam bizning xalqimiz uchun eng ko‘hna, asl milliy, sharqona yangi yil debochasi sifatida doimo sog‘inib, ardoqlab qarshi oladigan, har qaysi uyga shodlik va xursandchilik olib kelishi, o‘sha zamonlardan buyon xalqimizga mansub bo‘lgan an’ana va qadriyatlarni bezavol saqlab kelishi bilan barchamizga qadrli va azizdir. 
Ko‘klam ayyomi kelishi bilan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz rizqu ro‘zini tilab, qo‘sh haydab, dalaga don sochib, yam-yashil adirlarda ot choptirib, Navro‘z sayillarini o‘tkazgani xuddi kechagidek bo‘lib tuyuladi va barchamizni beixtiyor ana shu bayramona kayfiyatga berilib ketishga undaydi. 
Ayni shu kunlarda mahalla-ko‘y doshqozonlar atrofida jamuljam bo‘lib, ayollarimiz, momolarimiz tunni tun demasdan, hech charchamasdan, ezgu niyat, zavq va xursandchilik bilan insonga kuch-quvvat beradigan sumalak va halim, ko‘ksomsa kabi tansiq ne’matlarni tayyorlab, ularni o‘z oilasi va do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishi kabi ota-bobolarimiz, ajdodlarimizdan qolgan betakror an’ana va odatlarimiz yurtimizga, uylarimizga kirib qolgandek, o‘zimizni esa atrof-tabiatimizning ajralmas bir qismidek his qilamiz. 
Ana shu dilbar faslda insonlarning bir-biriga mehribonlik ko‘rsatishi, bemorlarga, muhtoj bo‘lganlarga beminnat yordam berish, tabarruk keksalarimizning duosini olish kabi noyob fazilatlar albatta odamning ko‘nglini yumshatadi, doim yaxshilikka intilishga, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lishga chorlaydi. 
Navro‘zi olamning yana bir betakror xislati borki, u har qaysi uy, har qaysi yurtda, butun yer yuzida tinchlik va osoyishtalik bo‘lishiga da’vat etadi. 
Bu ayyomda turli gina va arazlar unutiladi, urush va janjallar to‘xtaydi, murosai madora, ahillik, odamiylik qaror topadi. 
Aziz do‘stlar!
Dehqonchilik mavsumi ibtidosi hisoblangan Navro‘zni ayniqsa, bobodehqonlarimiz o‘zgacha xursandchilik bilan qarshi olishadi.
Bu yilning viloyatimiz uchun qulay kelishi, kuzda ekkan ekinlarimiz tobora kuchga to‘lib, bo‘y cho‘zayotgani, yangi mavsumga chuqur tayyorgarlik ko‘rganimiz, nasib etsa, fidoyi va zahmatkash bobodehqonlarimizning orzu-umidlari albatta ushaladi, hosilimiz mo‘l bo‘ladi, deb ishonch bildirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
So‘zim yakunida yana bir bor barchangizni, ushbu qutlug‘ ayyomni biz bilan birga qarshi olayotgan viloyatimidagi chet ellik sayyohlarni Navro‘z shodiyonasi bilan qutlab, eng samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.
Navro‘z yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga ezgulik, baxtu saodat, farovonlik olib kirsin. Hayotimiz quvonchli kunlar, to‘yu tomoshalarga to‘liq bo‘lsin. Har bir oila, har bir shahar va qishlog‘imiz, butun O‘zbekistonimizni fayzu baraka tark etmasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. 
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Orqaga Chop Etish  949 |   21-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 39
  • Ko`rib chiqilmagan: 22
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

18-08-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 3 ta

navigation