Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Hokimning nutq va ma`ruzalari /  30 yanvar Islom Abdug'aniyevich Karimovning 80 yilligi yubileylari marosimi
30 yanvar Islom Abdug'aniyevich Karimovning 80 yilligi yubileylari marosimi

Assalomu alaykum, hurmatli tadbir qatnashchilari!
Qadrli yurtdoshlar

Bugun barchamiz atoqli davlat arbobi, uzoqni ko‘ra oluvchi mohir siyosatchi mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi yubileylari munosabati bilan ehson tarqatish marosimida yig‘ilganmiz.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning birinchi Prezidentimiz haqida “Islom Abdug‘aniyevichning siyosiy merosini qancha ko‘p o‘rgansak, uning qanday ulkan xazina ekanini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz bu ibrat maktabiga, uning saboqlariga qayerda, qaysi lavozimda bo‘lmaylik, doimo murojaat qilamiz va undan o‘zimizga hayotiy dastur, qo‘llanma bo‘ladigan yangi-yangi fikr va g‘oyalar topamiz. Shaxsan men birinchi Prezidentimiz asos solgan, dunyoda “O‘zbek modeli” deb tan olingan taroqqiyot yo‘lini, u kishi rahbarligida amalga oshirilgan barcha-barcha ezgu ishlarni davom ettirishni o‘zimning muqaddas burchim va vazifam deb bilaman” degani bugun barchamiz uchun haqiqiy ibrat bo‘lishi lozim.
Mazkur e’tirof zamiridan shogirdning ustoziga, bolaning otasiga bo‘lgan qanchalik kuchli hurmat va mehrini anglash mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abug‘aniyevich Karimovning suverin va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar va demakrotik huquqiy davlat yaratish fuqaro tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash ishiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish joiz. Bizga tarixning o‘zi Islom Abdug‘anivichning tom ma’nodagi haqiqiy matonat va jasorat ramzi ekanligini ko‘rsatib berdi.
U mo‘tabar zot xalqini bor vujudi bilan sevgan, uning xizmatiga o‘zini kamarbasta qilgan inson edi. 
Muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov haqida “U kishining rahbar doimo odamlarning, el-yurtning dardu tashvishi bilan yashashi, ularning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun huzur-halovatdan voz kechib, o‘zini ayamasdan mehnat qilishi kerak, degan dono o‘gitlarini o‘z faoliyatim uchun asosiy mezon va talab sifatida qabul qilaman” degan gaplari birinchi Prezidentimizning qanchalik xalqparvar inson ekanliklaridan darak berib turibdi.
Buyuk davlat arbobi uzoqni ko‘ra oluvchi va odil siyosatchi birinchi Prezidentimiz buyuk o‘zbek xalqini qanday og‘ir damlardan olib chiqqani hamda dunyoda o‘z so‘ziga ega mamlakatga aylantirganiga siz-u biz va butun tarix guvoh.
Birinchi Prezidentimiz mamlakatimizning murakkab va tahlikali davrida ham, shonli zafarlarga boy paytida ham xalq bilan birga bo‘lgan, xalqning dardu tashvishi, quvonchu shodligi, orzu-istaklarini xuddi o‘zinikidek qabul qilgan, “Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” degan ezgu g‘oyaga sodiq qolgan, shu yurt, shu el uchun o‘zi aytganidek, “yonib yashaganiga” alohida takidlab o‘tish o‘rinli.
Birinchi Prezidentimiz faoliyati davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan asrlarga tatigulik yangilanish va o‘zgarishlar haqida ko‘plab misollar orqali gapirish mumkin. 
Jumladan viloyatimizda bunday misollar san-sanoqsiz topiladi. O‘rta asrlarda Islom dining gumbazi deya e’tirof etilgan va sobiq sho‘ra davrida oyoqosti qilingan sharif shahrimizning mustaqillik yillirida qayta chiroy ochishi, ota-bobolarimizdan qolgan tarixiy obidalarimizni qayta tiklash, Buxoro shahrida aeroportning qurilishi va butun viloyatdagi bunyodkorlik va yangilanish ishlarining yetakchisi sifatida siz va bizning qalbimizdan munosib va muqum o‘rin oldilar.
Buxoro shahrida 100 gektar maydonda barpo etilgan “Buxoro madaniy markaz” majmuasining loyiha muallifi aynan birinchi Prezidentimiz edi. Bu majmua ichiga kiruvchi “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti alohada falsafiy g‘oya asosida qurilgan. Muzkur monument nafaqat qadim shahar tarixini, balki uning yurtimiz istiqloli kabi boqiyligini ham anglatadi. U teran fikr tajassum topgan kompozitsiyali obidadir. Mazkur kompozitsiyada hayot abadiy, bu dunyoda inson ezgu ishlar qilishi lozim, farzandlari kelajagini, el-yurtning ertasini o‘ylashi zarur, degan ma’no mujassam.
Asosiysi, bularning barchasi Islom Karimovning noyob iste’dodi, odilligi va donishmandligi, uzoqni ko‘ra bilishi va Vatanimizga, xalqimizga sadoqati, uning kelajagi buyuk bo‘lishiga ulkan va qat’iy ishonchi tufayli bunyod bo‘ldi. 
Xalqimizga ajdodlarning asriy orzusi – mustaqillik, erkinlik va ozodlikni hadya etdi, xalqni o‘zining yuksak umuminsoniy g‘oyalari atrofida birlashtira oldi. 
Tarixan qisqa davrda O‘zbekiston tez va barqaror sur’atlar bilan taraqqiy etib borayotgan, jahon hamjamiyatida munosib o‘rniga ega, qudratli davlatga aylandi. 

Qadrli do‘stlar
Mustaqilligimiz asoschisi birinchi Prezidentimizning davlatimiz, xususan viloyatimiz ravnaqi yo‘lida qilgan buyuk mehnatlarini halqimiz also unutmaydi. 
Birinchi Prezidentimizning o‘zlari aytib ketgan “Savob ishni har kuni qilish kerak, savob ishni har kim qilishi kerak” degan tamoyil asosida bugun viloyatimizning har bir tumanida 80 yillik yubileylari munosabati bilan ehson tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Mo‘tabar zotning bevosita rahbarliklarida qayta tiklangan “Yetti pir” qadamjolarining ham har birida xalqqa ehson tarqatilib, u kishining mo‘tabar nomiga qur’on tilovatlar qilinmoqda. 

Qadrli do‘stlar
Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek “Milliy mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov so‘nmas xotirasiga qo‘yilgan eng buyuk haykal - bu mustaqil va suveren, erkin va obod O‘zbekiston davlatidir”.
Xalqimiz omon ekan, Birinchi Prezidentimizning asos solgan mustaqilligimiz abadiy bo‘ladi. Xalqimiz Birinchi Prezidentimiz orzu qilgan buyuk kelajak sari dadil odimlashda, ozod va obod Vatanni ko‘z qorachig‘ida asrab, ertangi avlodlarga bezavol yetkazishda, bu yo‘lda bir-biriga yelkadosh, maslakdosh bo‘lib harakat qilishda davom etaveradi.

E’tiboringiz uchun rahmat 

Orqaga Chop Etish  284 |   12-06-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

16-11-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 4 ta

navigation