Buxoro viloyati hokimi
Barnoev O'ktam Isoevich
virtual qabulxonasi

Bosh sahifa /  Davlat dasturlari /  Bir guruh yoshlar “Buxoro yoshlari sayohati” dasturidan mamnun (30.06.2018)
Bir guruh yoshlar “Buxoro yoshlari sayohati” dasturidan mamnun (30.06.2018)

Yurtimizda 30-iyun – “O’zbekiston yoshlari kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Buxoro viloyat hokimligi, Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat kengashi hamda Madaniyat boshqarmasi tomonidan 28-30 iyun kunlari Buxoro viloyatining har bir tumanlaridan yoshlar jamoalaridan iborat sayohatchilarning “O'zbekiston bo’ylab sayohat qil” shiori ostida "Buxoro yoshlari sayohati" dasturi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu yilning 28-iyun kuni belgilangan dastur yuzasidan G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent hamda Buxoro tumanlari yoshlaridan tarkib topgan sayohatchilar ushbu sayohatni amalga oshirishdi. Sayohatning avvali “Afshona” qishlog’idan, ya’ni Buxoroning buyuk olimlaridan biri, “Tib qonunlari” asarining muallifi Abu Ali ibn Sino muzeyiga tashrif bilan boshlandi. 

So’ng Buxoroning qadim qo’rg’oni – “Ark” tomon yo’l olindi. “Ark” qo’rg’oni tarixi, qadimiyligi, tarixiy eksponatlar hamda ibratli o’tmishga boyligi bilan yosh avlodda turli taassurotlar qoldirdi.

Shundan so'ng dastur doirasida Buxoro viloyat Musiqali drama teatrida spektakl tomoshasi qo’yildi. “Razolat qurbonlari” spektakli orqali yosh avlod ongiga ezgulik urug’larini qadash, ularni turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishdan himoyalash, ularni Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash maqsad qilib belgilangan.

Tomoshadan so’ng sayohatchilar “Sitorayi Moxi-Xossa” muzeyi tomon yo’l oldi. U yerda Buxoro amirlari davrida ishlatilgan buyumlar, liboslar, turli ko’rgazmali qurollar, saroylar tarixi, qadim madaniyati bilan yaqindan tanishishdi. Sayohat so’ngida esa barcha sayohatchilar ushbu dasturdan mamnun ekanliklarini ham alohida ta’kidlab o’tishdi.

Dastur asosidagi sayohatlar davom etadi.

Orqaga Chop Etish  202 |   26-08-2018




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ishonch telefoniga berilgan baholar
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 68
  • Ko`rib chiqilmagan: 29
  • Ko`rib chiqilmoqda: 7
  • Ko`rib chiqilgan: 32

15-12-2018
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation