Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Sessiyalar /  Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Yuklab olish  312KB

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni sifatli tayyorlash maqsadida xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi

QAROR QILDI:
 

1. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 2016 yil 24 avgust kuni soat 10.00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin. 
2. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining sessiyasi muhokamasiga ish rejasi asosida quyidagi masalalarni kiritish nazarda tutilsin:“Buxoro viloyatida 2016 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash manzilli dasturida” belgilangan parametrlarni bajarilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;Viloyatda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining ijrosi to‘g‘risida;Viloyatda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasida qishloq vrachlik punktlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va mutaxassislar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida;Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2014 yil 31 iyul 239/54-IV-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 aprel PQ-1958- sonli “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora–tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risidagi qarorining bajarilishi bo‘yicha Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida.
3. Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibi 1, 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.Ishchi guruhlariga sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar va xulosalarni hamda sessiya qarori loyihalari bo‘yicha takliflarni 2016 yil 15 avgustgacha xalq deputatlari viloyat Kengashi raisiga taqdim etish topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi zimmasiga yuklatilsin.


Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                             M.Esanov

 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 18 iyuldagi
97/19-V-sonli qaroriga 1 ilova


“Buxoro viloyatida 2016 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash manzilli dasturida” belgilangan parametrlarni bajarilishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi
 

TARKIBI


Aminov Farmon Mavlyanovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruhi rahbari

Ergashev Baxriddin Abdurasulovich- 46-Bobur saylov okrugidan deputat, O‘zLiDeP G‘ijduvon tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari 

Muxamedxanov Ulugbek Turgudovich- 3-Yoshlik saylov okrugidan deputat, Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori

Norov Bozor Choriyevich - 25-Qalaychorbog‘ saylov okrugidan deputat, Romitan tumani “Imidj-Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori 

Jumayeva Sanam Baqoyevna - 35-Yangibozor saylov okrugidan deputat, Peshku tumani “Istiqbol” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi 

Norov Firdavs Yusupovich- Viloyat hokimligi apparati kotibiyati mudiri

Jo‘rayev Xayrillo Qodirovich - Viloyat hokimligi mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i









Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 18 iyuldagi
97/19-V-sonli qaroriga 2 ilova


Viloyatda yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining ijrosi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi
 

TARKIBI

 


Rahmonov Said Ibragimovich - xalq deputatlari viloyat Kengashining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, ishchi guruhi rahbari

Atoyeva Raxima Kamolovna - -27-Bog‘iturkon saylov okrugidan deputat, Romitan tumani 23-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Kamolov Kamol Ro‘ziyevich - -14-Qorovulbozor saylov okrugidan deputat, Qorvulbozor tumani hokimi

Raxmonova Umida Erkinovna - -28-Sho‘rcha saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi muharriri

Salixov Nodir Djamolovich - -5-Gavkushon saylov okrugidan deputat, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati Kengashi raisi v.v.b

Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich - -4-Piridastgir saylov okrugidan deputat, Buxoro davlat universiteti rektori

To‘yeva Zulfiya Nozimovna - -10-O‘ba cho‘li saylov okrugidan deputat, Buxor viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, viloyat hokimi o‘rinbosari

Toxirov Hayot Hayitovich - Viloyat hokimligi apparati kotibiyati mudiri


 

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2016 yil 18 iyuldagi
97/19-V-sonli qaroriga 3 ilova


Viloyatda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash borasida qishloq vrachlik punktlarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash va mutaxassislar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi masalani tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhi 

TARKIBI


Jo‘rayeva Saida Teshayevna - Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi guruh rahbari

Qurbonov Sobir Hayitovich - 2-Varaxsha saylov okrugidan deputat, Buxoro viloyati 2-ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi kurash bo‘limi bosh murabbiyi

Niyozov Anvar Bobonazarovich - 7-Otbozor saylov okrugidan deputat, Buxoro viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi

Farmonov Ixtiyor Asrorovich - 13-Furqat saylov okrugidan deputat, Kogon shahar hokimi
 

Baqoyev Olim Atoyevich - 20-Vobkent saylov okrugidan deputat, Vobkent iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori

Ismatov Shuhrat Ubaydovich - 26-Chelong‘u saylov okrugidan deputat, Romitan pedagogika kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi

Ro‘ziyev Asror Arashovich - 29-Xumdonak saylov okrugidan deputat, "Amu-Buxoro" irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i

Hikmatov San’atillo Nusratovich - 38-Peshku saylov okrugidan deputat, Buxoro viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazi direktori



Qo‘ldoshev Qiyomiddin Bafoyevich - 42-Do‘rmon saylov okrugidan deputat, Shofirkon tumani "Shofirkon Ekvatorial Teks" MChJ direktori

Sobirov Ulug‘bek Esanovich - 49-G‘ovshun saylov okrugidan deputat, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki Buxoro viloyati bo‘limi G‘ijduvon filiali boshqaruvchisi

Alimova Nodira Abdurasulovna - 50-Ulfatbibi saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi

Ostonov Razzoq Marizayevich - 51-Zarangari saylov okrugidan deputat, Amu-Buxopo mashina kanalini viloyatlapapo ishlatish boshqapmasi boshlig‘i

Mushoryapov Igor Abdulvaxatovich - 52-Qaraxoni saylov okrugidan deputat, Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi 5-son Kon boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Komilova Salomat Azimovna - 54-Sayyod saylov okrugidan deputat, Qorako‘l tumani "Do‘rman" mahalla fuqarolar yig‘ini maslahatchisi

Nu’monov Matlub - 55-Chovli saylov okrugidan deputat, Qorako‘l tumani hokimi

Maxsudov Saidumar Isayevich - 57-Darg‘ali saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Buxoro filiali seleksiya va urug‘chilik bo‘limi katta ilmiy xodimi

Norov Firdavs Yusupovich - Viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri

Amonov Ikrom Istamovich - Viloyat hokimligi sog‘likni saqlash boshqarmasi boshlig‘i



Xalq deputatlari 
viloyat Kengashi raisi                                                                                            M.Esanov

Orqaga Chop Etish  850 |   18-07-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 31
  • Ko`rib chiqilmagan: 14
  • Ko`rib chiqilmoqda: 10
  • Ko`rib chiqilgan: 7

24-04-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 2 ta

navigation