Buxoro Viloyati Hokimi
Barnoev O'ktam Isaevich
virtual qabulxonasi
Bosh sahifa /  Elektron hukumat /  "Elektron hukumat" tizimida amalga oshirilgan ishlar
"Elektron hukumat" tizimida amalga oshirilgan ishlar

Buxoro viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar va kelgusi vazifalar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori talablari asosida Buxoro viloyati hokimligining yangi veb-sayti yaratildi. Viloyat hokimligi ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlar nazoratini yuritish maqsadida viloyat hokimligida interaktiv rejimda xizmat ko‘rsatuvchi IVR tizimi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish maqsadida viloyatdagi 11 ta tuman va 2 ta shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-¬tadbirlari to‘g‘risida”gi 232-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida va ochiq ma’lumotlar portalida 24 xil turdagi ochiq ma’lumotlar to‘plamlari joylashtirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Buxoro mexanika ta’mirlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, "Buxoro Dori-darmon" ShK, "Buxorodonmaxsulotlari" AJ, "Buxoro paxtasanoat xududiy birlashmasi" AJ, “Sulsherjahon” MChJ, «Buxoro-labsa», «Baxor-plastiks», “TEXTILES SPEKTRUM KOLORS” qo‘shma korxonalari, shuningdek 10dan ortiq viloyatdagi mehmonxonalarning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan veb-saytlari tashkil etildi va modernizatsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsidida viloyatdagi 13 ta tuman va shahar hokimliklari huzuridagi “Bir oyna” markazlari hamda 130dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi va xizmatlarni ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimiga bepul ulandi hamda ularga mazkur tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Buxoro muhandislik - texnologiya instituti professor-o‘qituvchilar tomonidan 30 ta fandan elektron o‘quv uslubiy majmua yaratilib, “Moodle” tizimiga kiritildi. Natijada institut talabalariga 30 ta fan bo‘yicha lokal tarmoqda onlayn bilim olish, test topshirish, o‘z bilimlarini sinash imkoniyati yaratildi. Institutning kompyuter parki zamonaviy komyuter texnikasi bilan modernizatsiya qilindi.
Viloyat “Dori-darmon” MChJ savdo faoliyatini yanada yaxshilash va samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida “M-Apteka plyus” ERP-tizimi (korxona resurslarini rejalashtirish tizimi) joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi 150dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qariyb 3000ga yaqin xodimlari kompyuter savodxonligini baholash tizimi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazildi.
Viloyat davlat arxivida arxiv ishini samarali yuritish, xodimlarning ish unumdorligini oshirish maqsadida «Arxiv ishini avtomatlashtirish» tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimdagi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, 2015 yilning yanvar-may oylari davomida 76 soatga mo‘ljallangan “Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish” dasturi asosida Videokonferensaloqa tarmog‘i orqali o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslarida Vazirlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, AATTSNBDI Buxoro viloyati bo‘limi, “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali xodimlari ishtirok etdilar. Barcha xodimlar o‘kuv mashg‘uloti yakuni bilan test sinovlaridan o‘tkazildi. Natijada o‘quvlarda ishtirok etgan barcha xodimlar masofaviy ta’lim tizimi orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida o‘z bilim va malakalarini multtimedia qurilmalardan foydalangan holda yanada oshirdilar hamda tajriba almashdilar.
Buxoro viloyatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga Internetdan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha TATU va uning filiallari talabalari tomonidan 2015 yil 29 iyundan 25 iyul qadar o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslarida 48 nafar aholi va 36 nafar tadbirkorlik sub’ektlari va 169 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar. Natijada viloyatdagi aholi va tadbirkorlarning kompyuter savodxonligi va internetdan foydalanish bo‘yicha malakalari oshirilib, ular tomonidan davlat interaktiv xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida jami 31 banddan iborat “Buxoro viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2016 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning manzilli dasturi” qabul qilingan bo‘lib, mazkur dastur:
- Viloyat tadbirkorlik sub’ektlari va aholini kompyuter savodxonligini oshirish va “Elektron xukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha “Bunyodkor 2016 – kompyuter savodxonligi” o‘quv kurslarini tashkil qilish;
- Viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini “Elektron hukumat”, “Axborot xavfsizligi”, “Zamonaviy AKTni egallash, kompyuter texnikasi va Internet tizimida ishlash” va boshqa AKT sohasiga oid turdosh o‘quv kurslarida o‘qitish;
- Yagona portal va Buxoro viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti orqali “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash” interaktiv xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
-Buxoro viloyati hokimligi rasmiy veb-saytini elektron raqamli imzodan foydalangan holda foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning bepul foydalaniladigan yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilish;
- Buxoro viloyati hokimligi rasmiy veb-saytining “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limini takomillashtirish va ochiq ma’lumotlar to‘plamlari sonini 30 taga yetkazish;
-O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish kabi loyiha va tadbirlarni uz ichiga olgan.

Orqaga Chop Etish  1786 |   11-03-2016




– Ishonch telefoni

(0-365) 222-22-22

Reglament
– Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00 – 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha
Dam olish kuni: shanba va yakshanba

Reglament
– Viloyat hokimligining umumiy bo`limi

(0-365) 223-68-47

Reglament
search – Qidirish
– Murojaatlar statistikasi
  • Jami murojaatlar: 26
  • Ko`rib chiqilmagan: 9
  • Ko`rib chiqilmoqda: 8
  • Ko`rib chiqilgan: 9

28-03-2017
– Yangiliklarga yozilish
– Ishonch telefoni murojaatlar statistikasi
Jami murojaatlar – 1813

Baholar

A`lo: 503

Yaxshi: 354

Qoniqarli: 315

Qoniqarsiz: 641

– Ishonch telefon murojaatlar javoblari statistikasi
Jami murojaatlar – 1916.8
Ko'rib chiqilmoqda – 230
Javob berilgan – 1686.8
– Saytni ishlashini baholang
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Xalq qabulxonasida o'tkaziladigan
QABUL KUNLARI
Viloyat Hokimi O'.I.Barnoev Juma va shanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat prokurori B.B.Valiev Seshanba va payshanba kunlari soat 14.00-16.00
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i S.H.Aliev Dushanba va chorshanba kunlari soat 14.00-16.00
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Saytda foydalanuvchilar soni: 6 ta

navigation