Bosh sahifa     Yangiliklar     Forum     Mehmonlar kitobi     Manzil     Intro    
 
Bosh menyu
 
 
Boshqa saytlar







 
 
Qo`shimcha ma`lumotlar

Âñå î ïîãîäå - Pogoda.uz

 

 
 
So`nggi yangilik
Militsiya tayanch punkti faoliyati yuqori baholandi
Militsiya tayanch punkti faoliyati yuqori baholandi

     Kogon shahridagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inida qariyb ming oila yashaydi. Bu yerda yigirmaga yaqin millat va elat vakillari tinch-totuv, ahil-inoq istiqomat qilmoqda. Hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgani tufayli o‘tgan yili jinoyatchilik 2010 yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi, voyaga yetmaganlar va muqaddam sudlanganlar orasida shunday holat umuman qayd etilmadi.

qo`shildi 2012-01-27 | davomi...
 

 
..:: Buxoro Viloyati Hokimligi rasmiy web sayti ::..

Buxoro viloyati O`zbekistonning janubi-g`arbida joylashgan. Qizilqum cho`li Buxoro viloyati hududining katta qismini egallaydi. Viloyatning umumiy maydoni – 39 400 kvadrat kilometr. Viloyat tub kontinental, quruq iqlimga ega. Viloyat aholisi taxminan 1 543,9 ming kishiga teng, shundan qariyb 68 foizi qishloq joylarida, 32 foizi shaharlarda yashaydi. Viloyat 11 ma`muriy tumanlardan iborat. Viloyatning ma`muriy markazi – Buxoro shahri bo`lib, uning aholisi taxminan 263 400 kishidir. Viloyatning boshqa yirik shaharlari – G`ijduvon, Romitan va Kogondir.

 

    Buxoro viloyati Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo`shgan minglab allomalarning vatani hisoblanadi. Birgina Buxoroning o`zida 7000 dan ortiq avliyolar yashab o`tgan. Islom ahli o`rtasida Buxoro viloyati hududida joylashgan olamga mashhur “Yetti pir”ning qadamjolarini ziyorat qilish muqaddas haj ziyoratiga tenglashtirilgan.


    Qadimiy Buyuk Ipak yo`li Buxoro viloyati orqali o`tgan va bu Sharif shahar ilm-fan, hunarmandchilik, savdo va Islom dini madaniyatining yirik markazlaridan biri bo`lgan. Buxoro 2500 yillikdan ortiq boy tarixga ega.

 

    Buxoro viloyati hududida juda ko`plab betakror qadimiy obidalar saqlanib qolgan bo`lib, mustaqillik yillarida ular obod va go`zal ziyoratgohlarga aylantirilgan. Ana shunday tarixiy obidalarning 2000 dan ortig`i YUNESKO tashkilotining muhofazasiga olingan. Viloyatning boy madaniy me`rosi ming yillar davomida butun dunyoni o`ziga rom etib kelgan. Viloyatda 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari hamda 50 dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda.

 

    Bugungi kunda ham Buxoro viloyati O`zbekiston Respublikasining ilm-fan, hunarmandchilik, ma`naviyat va sayyohlik markazlaridan biri hisoblanadi. Buxoro viloyati aholisining ilmiy salohiyati, ma`naviy yetukligi hamda mehnatsevarligiga ko`ra Respublikada eng oldingi o`rinlarda turadi.

 

    Viloyat hududida tabiiy gaz, neft, grafit, betonit, marmar, granit, gips, oltingugurt, ohak va boshqa qurilish mollari uchun xom ashyoning boy konlari o`rganilgan.

 

    Eng faol sanoat yo`nalishlari paxta tozalash, to`qimachilik va ipakchilik sanoatidir. Kashtachilik, kulolchilik va ganjkorlik singari an`anaviy o`zbek hunarmandchiligi qayta tiklangan. Qandim, Oqqum, Parsonko`l hududlarida neft, tabiiy gazning katta zahirasi mavjud, taxminiy neft zahirasi hajmi 10 million tonna, tabiiy gaz hajmi 220 milliard kub metrdir. Viloyat hududidagi eng yirik, zamonaviy, Respublika ahamiyatiga ega bo`lgan sanoat korxonalaridan biri “Qorovulbozor neftni kayta ishlash zavodi” ushbu zahiralar asosida ishlaydi.

 

    Buxoro shahri qorako`l terisini qayta ishlash, duradgorlik, yog`och o`ymakorligi, zargarlik, misgarlik, nafis san`at namunalarini yaratish, shuningdek rivojlangan oziq-ovqat sanoatiga ega.

 

    Eng asosiy qishloq xo`jaligi mahsulotlari – paxta, bug`doy, qorako`l teri va tabiiy ipakdir. Qishloq xo`jaligi faoliyati viloyatning faqat sug`oriladigan yerlarida olib boriladi.

 

    Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko`ra ipakchilik sanoatini qayta jihozlash, qurilish materiallari sanoatini hamda kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlanishini rivojlantirish, xizmat ko`rsatuvchi sektor hamda sayyohlikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilgan.

    Buxoro shahridagi xalqaro aeroport, zamonaviy kommunikatsiya tizimlari, xalqaro darajadagi mehmonxonalardagi qulayliklar, go`zal va betakror tarixiy obidalar, mehmondo`st, soddadil va samimiy insonlar sayyohlar qalbida abadiy muhrlanib qoladi.

 

 
2012 yil - Mustahkam oila yili ...
Rss-yangilik
Murojaat qilish
Sayt xaritasi

 
 
Qidirish

to`liq ibora
 
 
Anonslarnew
 
 
Saytlar
 
Bosh sahifa  |   Yangiliklar  |   Forum  |   Mehmonlar kitobi  |   Manzil  |   Intro  |  
Sayt materiallaridan foydalanganda Buxoro.Uz manbai ko`rsatilishi shart
Copyright © Bukhara Computerization Center, 2005-2012. All Rights Reserved